Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Humoyun Mirzo tasviri tushirilgan miniatyura nusxasi ISMdan  oʻrin oladi

13.05.2025, 11:042376

Tarix sahnasida baʼzida birgina rasm — bir saltanatning ruhiy va siyosiy qudratini, bir nigoh — butun bir zamonning maʼnosini oʻzida mujassam etadi. Hindiston yerida, ammo yuragida temuriylar zarbasi bilan urgan, oʻzligida betakror ziynat yashirgan Boburiylar sulolasi shunday betimsollardan biridir.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Temur xonadoni shahzodalari tasvirlangan miniatyura nusxasi joy oladi.

Bu Moʻgʻul miniatyurasining eng qadimgi maʼlum namunasi hisoblanadi. Uni sanʼatshunos J.M. Rogers XVI va XVII asrlarda Hindistonda rivojlangan islomiy tasvir sanʼatining bir koʻrinishi sifatida taʼriflagan. Miniatyura nozik paxta matosiga ranglar va oltin boʻyoqlar bilan ishlangan. Saqlanib qolgan qismida bogʻ pavilonida oʻtirgan, Markaziy Osiyo uslubidagi libos kiygan hukmdor tasvirlangan. Uning ikki yonida xizmatkorlar turibdi, u esa roʻparasidagi mehmon tomon yuzlanmoqda. Uning ikki tomonida saroy amaldorlar joylashgan, orqa fonda esa yana xizmatkorlar koʻrinadi. Miniatyuraning hozir mavjud boʻlmagan old fonda, ehtimol, raqqosalar va musiqachilar tomonidan ijro etilayotgan saroyona koʻngilochar dastur aks ettirilgan boʻlgan. 

Markaziy shaxs 1508–1556 yillarda yashagan, Boburiylar sulolasining ikkinchi hukmdori Humoyun boʻlgan taxmin qilinadi. Asarning yana bir eʼtiborga molik jihati — undagi yuz qiyofalarining koʻpchiligi keyinchalik qayta ishlangani, yaʼni boshqa Boburiy hukmdorlarni tasvirlash uchun yangidan boʻyalganidir. Bu holat miniatyurani oddiy portret sifatidagi rolining ortiga oʻtib, uni genealogik — yaʼni sulola tarixini aks ettiruvchi vizual hujjatga aylantiradi. Har bir qiyofa, har bir nigoh — oʻz zamonasining bir boʻlagi, hukmdorlar ketma-ketligining ramzi sifatida jonlanadi.

Shu jihatlari bilan mazkur asar — faqat sanʼat namunasi emas, balki tarixiy, siyosiy va madaniy bayonot boʻlib xizmat qiladi. U bizni faqatgina oʻtmish bilan bogʻlamaydi, balki Islom sivilizatsiyasi markazining qanday qilib Hind diyorida oʻziga xos yoʻnalish, oʻziga xos estetik olam yaratganini koʻrsatadi.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14839
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12233
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9960
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar