Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Buxorodagi ilk madrasa asoschisi medialoyihasida nimalar aks etadi?

14.05.2025, 11:202132

Abu Hanifa asos solgan hanafiylik mazhabi VIII asrning oʻrtalarida, keng tarqala boshlab, shu asrning oxirlarida uzoq-yaqin oʻlkalarga, jumladan Movarounnahrga yetib kelgan edi. Turli shaharlardagi hanafiy markazlarining shakllanishiga Iroq, Xuroson maktablarining taʼsiri katta boʻlgan. Muhammad ibn Hasan Shayboniy (vaf. 805 y.)ning shogirdi Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy 768 yili tugʻilib, 832 yil vafot etgan. U  Buxoroda mana shunday sharafli ish - ilk madrasalarga asos solgan.

Uning toʻliq ismi Ahmad ibn Hafs ibn Zaburqon ibn Abdulloh ibn Buxoriy. U oʻz yurtida egallashi mumkin boʻlgan barcha ilmlarni puxta oʻzlashtirgach, Bagʻdod sari yoʻl oladi. U yerda Imom Muhammad rahmatullohi alayhidan hanafiylik mazhabi fiqhini oʻzlashtirgach, yana oʻz yurtiga qaytib keladi. Shu bois, u hanafiylik taʼlimotini birinchi boʻlib Movarounnahrga olib kelgan shaxs sifatida ham maʼlum va mashhurdir.

Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy asos solgan madrasalar ilmiy va diniy bilimlar rivojiga katta hissa qoʻshgan yetuk muassasa boʻlganligi bilan mashhur. Shuning bilan birga ushbu madrasalar oʻz zamonasida mashhur madrasalardan sanalgan. Tarixchi Vamberi oʻzining “Tarixi Buxoro” va as-Saʼdiy “Tarix ad- duval”nomli asarlarida Imom Abu Hafs Kabir Buxoriyning madrasasi islom olamining turli oʻlkalaridagi olimlar va talabalar orzu qilgan eng yaxshi madrasa boʻlganini taʼkidlagan.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan “Abu Hafsi Kabir – Buxorodagi ilk madrasa asoschisi” medialoyihasi ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida olim ilmiy-maʼrifiy merosi oʻrganilmoqda. Toʻplangan maʼlumotlar asosida elektron xarita, roliklar tayyorlanishi, ilk madrasa maketi va interaktiv oʻyinlar barpo etilib markaz ekspoziiyasidan oʻrin olishi koʻzda tutilgan. 

Maʼlumot uchun, Davlat rahbarining Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ajdodlarimizning  dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasini keng miqyosda koʻrsatib berish, yoshlarimizni ana shu buyuk tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelgusida bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar oʻtkazish, dolzarb gʻoya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning maʼno-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish boʻyicha bergan zarur koʻrsatmalaridan kelib chiqib, markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish maqsadida 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar birlashgan. Jami 800 dan ziyod loyihalar ishlab chiqilib, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ayni paytda dastlabki bosqich boshlangan, unda 400 dan ortiq loyihalar ustida Ilmiy kengash aʼzolari bilan maslahatlashgan holda ishlar jadal olib borilyapti.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14839
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12233
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9960
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar