Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Oʻzbekiston ilm-fanining XX asrdagi yorqin siymolariga bagʻishlangan yangi medialoyiha ishga tushiriladi

14.05.2025, 15:082060

Oʻzbekiston ilm-fani taraqqiyotida muhim oʻrin tutgan olimlar merosini oʻrganish, ularning ilmiy yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Oʻzbekiston ilm-fanining XX asrdagi yorqin siymolariga bagʻishlangan yangi medialoyihani ishga tushirmoqda. 

"1917-1991-yillarda Oʻzbekiston ziyolilarining ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi" nomli ushbu loyiha Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, "Oʻzarxiv" agentligi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Loyihaning asosiy maqsadi sovet davrida Oʻzbekistonda ilm-fan sohasida faoliyat koʻrsatgan olimlarning hayoti va boy ilmiy merosini zamonaviy auditoriyaga qulay va tushunarli tarzda yetkazish, ularning muhim ilmiy yutuqlarini keng targʻib qilishdir. Loyiha doirasida ikki bosqichli ish olib boriladi. Birinchi bosqichda 1917-1991-yillarda ilm-fan rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan bir qator atoqli olimlarning, jumladan, Oʻzbekiston zamonaviy matematika va fizika fanlarining asoschilaridan biri, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Toshmuhammad Qori-Niyoziy, mashhur fizik olim Ubay Oripov, arxeologiya fanining yirik namoyandasi Yahyo Gʻulomov, zoologiya fanining rivojiga katta hissa qoʻshgan Tesha Zohidov, Oʻzbekistonda yurak-qon tomir jarrohligining asoschisi Vosit Vohidov va boshqa koʻzga koʻringan olimlarning ilmiy faoliyati haqida ekspozitsiya uchun moʻljallangan turkum videoroliklar, noyob fotolar, arxiv hujjatlari va eksponatlar tayyorlanadi.

Oʻzbekistonda zamonaviy matematika va fizika fanlarining shakllanishida akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziyning xizmatlari beqiyosdir. U Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining ilk rahbari sifatida respublikada ilmiy kadrlar tayyorlash, milliy ilm-fan tizimini shakllantirish yoʻlida samarali faoliyat olib bordi. 1943 yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasiga asos solgan va 1943-1947 yillarda uning birinchi prezidenti lavozimida ishlagan Qori-Niyoziy matematika va fizika sohalarida 200 dan ortiq ilmiy ishlar yaratdi. 

Akademik Yahyo Gʻulomovning nomi Oʻzbekistonda arxeologiya fanining shakllanishi va rivojlanishi bilan uzviy bogʻliqdir. Uning rahbarligida Xorazm, Samarqand, Buxoro, Toshkent vohalari va Fargʻona vodiysida keng koʻlamli arxeologik tadqiqotlar olib borildi. Olimning eng muhim ilmiy kashfiyotlaridan biri Xorazm vohasidagi qadimiy sugʻorish tizimlarini oʻrganish boʻldi. Uning "Xorazmning qadimgi davrdan to hozirgi kungacha sugʻorilish tarixi" nomli fundamental asari Orol boʻyidagi qadimiy dehqonchilik madaniyati, irrigatsiya inshootlari va suv xoʻjaligi tarixiga bagʻishlangan chuqur tahlilni oʻzida mujassam etadi. Yahyo Gʻulomov Afrosiyob, Koʻktepa, Tuproqqalʼa, Varaxsha kabi qadimiy shahar xarobalarini tadqiq etish, shuningdek, Oʻzbekistonda birinchi arxeologik ekspeditsiyalarni tashkil qilish orqali oʻzbek arxeologiya fanining xalqaro miqyosda tan olinishiga erishdi.

Akademik Tesha Zohidov Oʻzbekistonda zoologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan taniqli olimdir. U Oʻrta Osiyo hayvonot dunyosini oʻrganish boʻyicha fundamental tadqiqotlarga rahbarlik qildi. Tesha Zohidov boshchiligidagi ilmiy ekspeditsiyalar davomida Oʻrta Osiyo mintaqasining turli ekologik zonalarida fauna va floraning boy xilma-xilligi oʻrganildi.

 

Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu muhim loyiha Oʻzbekiston ilm-fan tarixida oʻchmas iz qoldirgan olimlarning bebaho merosini saqlash va uni keng jamoatchilikka, ayniqsa yosh avlodga yetkazishdek ulugʻ maqsadga xizmat qiladi. Tayyorlanadigan videoroliklar, noyob fotolar va arxiv hujjatlari asosida yaratilgan ekspozitsiya Oʻzbekiston ilm-fanining fidoyi vakillarining hayoti va faoliyatini, ularning jahon ilm-faniga qoʻshgan ulkan hissasini keng jamoatchilikka namoyish etish imkonini beradi. Ushbu loyiha Oʻzbekistonning boy ilmiy merosini oʻrganish va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14839
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12233
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9960
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar