Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Toshkent yaqinidan VI asrga oid bronza tanga topildi

17.05.2025, 17:091784

Toshkent yaqinida olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida VI asrga oid noyob bronza tanga topildi. Unda sugʻd yozuvida bitilgan  “Twrk xʼγʼn” – “Turk xoqoni” iborasi mavjud boʻlib, turk soʻzining tarixdagi eng qadimgi namunasi boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

Topilmani aniqlagan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi professori Gʻaybulla Boboyorovning soʻzlariga koʻra, mazkur  topilma turk etnonimining maʼlum boʻlgan qoʻllanilish tarixini taxminan 150 yilga suradi. Ilgari bu atamaning eng qadimgi qaydlari VIII asrga oid Oʻrxun-Enasoy yozuvlarida uchragan. Topilgan tanga esa miloddan avvalgi 580-610-yillarga oid.
Professor Boboyorov taʼkidlashicha: 

Choch va Fargʻona tangalarida “Turk xoqon” iborasining aniqlanishi turkiy xalqlar oʻtmishi bilan bogʻliq koʻplab qarashlarni oʻzgartirib yubordi. Shu kunlargacha “turk” atamasi VIII asr boshlarida yozilgan Tunyuquq, Kul tegin va Bilga xoqon bitiktoshlarida saqlanib qolgan edi. Tangalar esa ulardan ancha oldin – 150 yil ilgari zarb qilingan.

Shuningdek, mutaxassis: 
 - Qoʻlimizda Gʻarbiy Turk xoqonligiga tegishli yaxshi saqlangan tangalar bor. Ularni Islom Sivilizatsiyasi markaziga topshirish va shu yoʻsinda ushbu tangalarni birgina yurtdoshlarimizga emas, butun qardosh ellarimizga, oʻtmishimiz bilan qiziquvchi barchaga taqdim qilish istagimiz bor, - deya qoʻshimcha qildi.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14839
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12234
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9961
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar