Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Oʻmondagi binolarda Buxorodagi Mir arab madrasasi bezaklaridan andoza olingan

20.05.2025, 11:092881

Oʻzbekistonning Oʻmon sultonligidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdusalom Hotamov Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Martabali mehmon va Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov oʻrtasida muloqot boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishi arafasida oʻtkazilishi kutilayotgan xalqaro koʻrgazma va boshqa muhim tadbirlar doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Mustaqillik bayrami arafasidagi global madaniy voqelik – "Oʻzbekiston madaniy merosi – butun insoniyat mulki" shiori ostida tashkil etilayotgan xalqaro koʻrgazmada Oʻmon muzeylari va kutubxonalarining ishtiroki, shuningdek, mamlakatdan taklif etiladigan rasmiy va faxriy mehmonlar haqida fikr almashildi. Alohida taʼkidlash kerakki, bugungi kunda  Oʻmon  sultonligi Milliy muzeyi mazkur xalqaro koʻrgazmada ishtirok etish niyatini bildirgan va 33 ta qimmatli eksponat roʻyxatini Islom sivilizatsiyasi markaziga yuborgan.

Eslatib oʻtamiz, Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishi munosabati bilan dunyodagi 40 ga yaqin nufuzli kutubxona va muzeylar Oʻzbekiston tarixi va madaniyatini keng namoyish etadigan xalqaro koʻrgazmada ishtirok etadi. Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston va  Oʻmonni bogʻlab turuvchi tarixiy va maʼnaviy jihatlarga bagʻishlangan qisqa metrajli videofilm tayyorlash taklifi bildirildi.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida Oʻzbekistonning  Oʻmondagi elchisi Abdusalom Hotamov faxrlanishga arziydigan maʼlumot bilan oʻrtoqlashdi. Uning maʼlum qilishicha, Buxorodagi Mir arab madrasasi bezaklari Oʻmondagi binolarda aks etgan, Samarqanddagi Shohi Zinda tarixiy yodgorlik muqarnaslari bezaklaridan esa Oʻmon sultonligi qirol taxtini tayyorlashda foydalanilgan. Shuningdek, Oʻmonning Suhor shahridagi masjidlardan biri Samarqand andozasida qurilganligi qayd etildi.

Muloqot davomida tomonlar kelgusidagi amaliy hamkorlik, axborot va madaniy loyihalarni rivojlantirish yuzasidan kelishib oldilar. Uchrashuv yakunida Oʻmon OAV vakillarini Markaz ochilish marosimidagi tadbirlarni yoritishga jalb qilish boʻyicha ham fikr almashildi.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14839
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12234
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9961
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar