Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi: innovatsion loyihalar ijrosiga kirishildi

22.05.2025, 10:261698

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini shakllantirish uchun ishlab chiqilgan ilmiy innovatsion loyihalarni amalga oshirish jarayonlari tahliliga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan nufuzli madaniy-maʼrifiy maskan – Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishiga sanoqli oylar qoldi. Ushbu tantanali marosimga tayyorgarlik jarayonlarida 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar hamda mutaxassislar Davlat rahbarining muhim topshirigʻi, yaʼni Oʻzbekistondagi megaloyiha ichki kontenti ham tashqi koʻrinishi mahobatidan kam boʻlmasligi kerakligiga alohida eʼtibor qaratgan holda ish olib bormoqdalar. 

Ushbu ustuvor maqsad yoʻlida birlashgan olimlar, mutaxassislar tomonidan Markaz kontentini boyitish uchun 800 dan ortiq ilmiy-innovatsion loyihalar ishlab chiqilgan. Uch bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur loyihalarning 300 ga yaqini aynan Oʻzbekistondagi megaloyihaning ochilish marosimida taqdim etilishi ustidagi ishlar qizgʻin pallaga kirgan.

Yigʻilishda qayd etilishicha, ayni paytga qadar Markaz ekspozitsiyasini boyitish boʻyicha 1 bosqich uchun tanlab olingan 300 ga yaqin loyihalarning 260 ga yaqini ustida allaqachon amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Binoning markaziy qismidan oʻrin oladigan Qurʼoni Karim zali, shu bilan birga, Islomdan avvalgi davr, Birinchi Renessans, Ikkinchi Renessans, Yangi Oʻzbekiston davri sivilizatsiyalari, kashfiyotlari va shaxslari haqida ekspozitsiyalar tayyorlashda Italiya, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarning nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

1 bosqichda qamrab olingan 300 ga yaqin loyihalar ikki toifaga ajratib olingan boʻlib, bugungi kunda ularning maketlari, mulyajlari, xaritalari, faksimilelari, gologramma yaratish kabi jarayonlari boshlangan. Bu ishlarga barcha – ishchi guruhning rahbarlaridan tortib aʼzolarigacha, olimlaru mutaxassislargacha shartnoma asosida jalb qilingan.  

Shuningdek, yigʻilishda ochilish marosimi tadbirlari doirasida oʻtkaziladigan Xalqaro koʻrgazmani tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Ushbu koʻrgazma boʻyicha 40 ga yaqin xorij mamlakatlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Tashqi ishlar vazirligi amaliy koʻmagi bilan olib borilayotgan xalqaro hamkorlik muzokaralari natijasiga koʻra bugungi kunda 18 ta davlatdan 26 muzey eksponatlari roʻyxati taklif sifatida shakllantirilishiga erishildi. Ayni paytda ishchi guruh rahbarlari va aʼzolari birgalikda taklif etilgan eksponatlarning ahamiyatlilik darajasi boʻyicha tahlillar oʻtkazishi boʻyicha ish olib borilmoqda.

Shuningdek, jahonning eng yirik savdo uylari – London shahridagi “Christie’s” va “Sotheby’s”  auksionlari bilan ham hamkorlik masalalari doirasidagi olib borilayotgan ishlar haqida ham maʼlumot berildi. Qayd etish kerakki, Markazning tantanali ochilish marosimida ayni shu savdo uylari tomonidan ham Markaziy Osiyo, sharq madaniyati, maʼrifati bilan bogʻliq noyob durdonalar taqdim etilishi kutilyapti.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov rahbarligidagi delegatsiya vakillari London shahridagi “Christie’s” va “Sotheby’s”  auksion uylariga tashrif buyurgan va ushbu nufuzli kompaniyalar bilan hamkorlik masalalari ham muhokama qilingan. Tashrif davomida Markaz delegatsiyasi nufuzli auksionda Markaziy Osiyo madaniy merosiga oid taqdim etilgan 46 ta lotni saralagan. Ular orasida Temuriylar davrida koʻchirilgani taxmin qilingan Qurʼoni karim qoʻlyozmalari bor.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14840
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12235
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9961
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7993
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar