Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Ajdodlardan meros qolgan meʼmoriy yodgorliklarning 80 ga yaqin maketlari yaratiladi

23.05.2025, 10:281707

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini shakllantirishda dunyoning turli nuqtalarida saqlanayotgan Oʻzbekistonga oid noyob eksponatlarni yaratish maqsadida mutaxassislar hamda ishchi guruh aʼzolari yigʻildi. Endilikda nazariy jihatdan yigʻilgan maʼlumotlar asosida olim va hunarmandlar mulyaj, maket hamda faksimillar ustida ish jarayonini boshladi. 

Yekspozitsiya boʻlimlariga oid har bir mulyaj va maketlar haqida maʼlumotlar berilib, ular oʻz yoʻnalishlariga koʻra, hunarmandlarga taqsimlandi. Muhokama davomida mulyaj va faksimillarning aslidan farq qiladigan jihatlariga alohida urgʻu berildi. Masalan, “Islomdan avvalgi davr” ekspozitsiyasidan oʻrin olishi koʻzda tutilgan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalarining asl nusxasi mulyaji oʻrindosh xomashyo orqali yaratiladi. Bundan tashqari, faksimile nusxalarning hajmi 15% gacha farq qilishi mumkin. Shu kabi maʼlumotlar 10 dan ortiq hunarmand mutaxassislar ishtirokida tahlil qilindi hamda takliflar inobatga olindi.

Kun tartibi davomida ekspozitsiyalarning maketlari boʻyicha ham maʼlumotlar berildi. Umumiy hisobda 80 ga yaqin tarixiy binolarning maketlari yaratilishi kutilmoqda. Birinchi bosqichning ikkinchi toifa loyihalari doirasidagi jarayonlar joriy yilning sentabr oyiga qadar yakunlanishi koʻzda tutilgan.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14840
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12235
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9961
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7993
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar