Yoshlarning ijtimoiy faolligi – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosiy omili
Chirchiq davlat pedagogika universitetida "Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans poydevori" loyihasi doirasida oʻtkazilgan navbatdagi uchrashuv yoshlar tafakkurini uygʻotish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratildi.
Mazkur tadbirda milliy gʻurur, tarixiy xotira va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligida shakllanayotgan ijtimoiy tafakkur – mamlakatimiz barqaror rivojlanishining muhim omili ekani alohida taʼkidlandi.
Forum davomida ishtirokchilarga Oʻzbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, ayniqsa ilm-fan, islom madaniyati va maʼrifat sohasida amalga oshirilayotgan tarixiy yangilanishlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Shuningdek, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati, unda yaratilayotgan noyob ekspozitsiyalar – Islomgacha boʻlgan davr, Qurʼoni karim zali, Birinchi va Ikkinchi Renessans, Xonliklar davri, Amir Temur va Temuriylar sulolasi, XX asr Oʻzbekistoni hamda “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans” boʻlimlari yuzasidan taqdimotlar oʻtkazildi.
Uchrashuv yoshlarda oʻz tarixiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirib, ularni bunyodkorlik gʻoyalariga ruhlantirishda muhim qadam boʻldi.








