Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Markaziy Osiyo allomalarining boy merosini saqlovchi noyob kutubxona

04.06.2025, 20:461883

   Siz koʻrayotganingiz oddiy kutubxona emas — bu ilm, tarix, maʼnaviyat va zamonaviy texnologiyalar uygʻunlashgan yuksak maskan — Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi hisoblanadi!

    Markaz kontentini boyitish doirasida 1-bosqich  uchun tanlab olingan 18 ta asosiy loyiha orqali kutubxona nafaqat adabiyotlarni saqlash, balki ularni rivojlantirish, raqamlashtirish, tizimli kataloglashtirish hamda til va mintaqalar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni jamlash imkoniyatlariga ega boʻladi.

Mazkur kutubxonasining bosh maqsadi:

  • ilmiy merosni saqlash va kelajak avlodga yetkazish
  • noyob qoʻlyozmalarni raqamlashtirish
  • elektron kataloglarni shakllantirish
  • arab, fors, turk, rus va Yevropa tillaridagi tadqiqotlarni jamlash
  • kutubxonani zamonaviy texnika bilan jihozlash
  • va albatta, imkoniyati cheklangan kitobxonlar uchun teng sharoit yaratish — loyihalarning asosiy yoʻnalishlaridir.

   Qisqa qilib aytganda, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi — islom tarixining, Markaziy Osiyo allomalari ijodi va ajdodlarimizning boy merosini saqlovchi noyob kutubxona hisoblanadi.

  Kutubxonani jihozlash va avtomatlashtirish, kitoblarni RFID texnologiyasi yordamida belgilash, ochiq fondni tashkil etish hamda elektron katalog orqali foydalanishni taʼminlash ushbu loyihaning zamonaviy texnologik yechimlari qatoriga kiradi.

Ravshan QODIROV, ITsM Kutubxona va arxiv hujjatlar boʻlimi boshligʻi:

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi loyihalari orasida muhim yoʻnalishlardan biri markaz kutubxonasidir. Kutubxonada oʻz konsepsiyasidan kelib chiqib, fondni shakllantirishda Oʻzbekistonda yetishib chiqqan olimu ulamolar va ular asos solgan ilmiy-maʼrifiy maktablar haqidagi manbalarni jamlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston va xorijda nashr qilingan adabiyotlar, qoʻlyozmalar hamda arxeologik yodgorliklar bilan kutubxona fondini boyitishga qaratilgan.

    Yana bir muhim yoʻnalish koʻrgazma loyihasi boʻlib, “Qogʻoz – elektron kitob – sunʼiy intellekt” nomli maxsus koʻrgazma kutubxona foyesida tashkil etiladi. Bu yerda kitobat tarixining bosqichlari amaliy tarzda koʻrsatiladi: qadimgi qoʻlyozmadan tortib, sunʼiy intellektgacha!

  Yangi xorijiy va milliy nashrlar ham kutubxona fondiga qoʻshilib, zamonaviy elektron katalogga kiritilmoqda. Bu orqali oʻquvchi oʻziga kerakli asarni tez va oson topa oladi.

   Arab, fors, turk, rus, hatto Yevropa tillaridagi ilmiy tadqiqotlar bir markazda jamlanishi esa Markaz kutubxonasining xalqaro darajadagi ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

    Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi — bu oʻtmishdan kelajak sari yoʻl olgan maʼrifat karvoni.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14843
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12237
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9962
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7997
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar