Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Imom Buxoriy eʼtirof etgan alloma haqida qiziqarli 10 fakt

04.06.2025, 21:171981

  • Termiz yaqinidagi Bugʻ qishlogʻida 824 yilda tavallud topgan allomaning toʻliq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy;
  • Uzoq yillar Iroq, Isfahon,Xuroson, Makka va Madinada davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fiqh, tarix, hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi.

Imom Termiziyning zamondoshi hisoblablangan Imom Buxoriyning Nishopurdagi uchrashuv yillari davomida Termiziy haqida:„Sen mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim“,— deb katta baho beradi;

  • Hadis ilmida Imom Buxoriy, Imom Muslim, Qutayba ibn Said kabi hadis olimlaridan ilm olgan;
  • Imom Termiziy oʻz asarida ahlul-hadis va ahlur-raʼy oʻrtasidagi tafovutlarni muvozanatli bayon qilib, har ikki taraf fikrlarini zikr qilgan. Bu uni ekumenik (eklektik) muhaddis sifatida tanitadi;
  • Muhaddis 6ta ishonchli haidslar toʻplamini jamlagan Sahihi Termiziy asarini yaratib, manbalarda bu asar „Jomeʼ at-Termiziy“, „Sunani Termiziy“ nomlari bilan ham ishlatilgan;
  • Termiziyning muhim asarlaridan yana biri arab tilida yozilgan „Ash-Shamoil an-nabaviya“ 408 hadisni oʻz ichiga qamragan manbadir. Kitobning XVI asrga oid bir qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi kutubxonasida saqlanadi;
  • Manbalarga koʻra, Imom Termiziy hayotining oxirgi yillarida koʻz nurini yoʻqotgan;
  • Termiziy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi qaytadan taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirilgan;
  • Ayni paytda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan “Abu Iso Termiziy” medialoyihasi amalga oshirilib, Oʻzbekiston va jahon fondlarida saqlanayotgan Imom Termiziy asarlari qoʻlyozmalari katalogi yaratilib, elektron nusxalari va faksimillari tayyorlanadi. Mutafakkir haqida videorolik ishlanadi.
carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14843
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12236
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9962
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7997
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar