Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Artefakt. Ikki ilon shaklidagi girya

10.06.2025, 17:592014

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan oʻrin olishi kutilayotgan artefakt 1894 yilda  Fargʻona viloyati Soʻx tumani Tul qishlogʻi yaqinidagi Mugʻtepa mavzesida aniqlangan boʻlib, ilmiy adabiyotlarda Soʻx topilmasi nomi bilan ataladi. Topilma xrizotildan ishlangan, balandligi 27 sm, eni 24 sm, yoʻgʻonligi 4.5 sm, ogʻirligi 4.806 kg ni tashkil etadi. 

    Hozirgacha bahs munozaralarga sabab boʻlayotgan ushbu topilmaning yoshi er. av. III-II mingyillikka toʻgʻri keladi. Oʻtgan vaqt mobaynida topilmaning kelib chiqishi va funksional vazifasi toʻgʻrisida turli fikrlar bildirilgani holda, hozirgacha olimlar oʻrtasida bu borada yakdil qarash mavjud emas. Madaniyatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar va migratsiyalar natijasida bu kabi buyumlar tevarak hududlarga ham yoyiladi.

    Mazkur jarayonlarning uzoq vaqt davom etishi tufayli, buyumlarning dastlabki  vazifasi va gʻoyasi butkul oʻzgarishlarga uchraydi. Bu kabi tosh buyumlar avvaliga oddiy dumaloq shakldan iborat boʻlgan. Keyinchalik esa, sanʼat darajasiga koʻtarilib, yuqoridagi kabi koʻrinishda ishlov berilgan.

    Maʼlumot uchun, "girya" — bu maxsus shaklga va oʻziga xos koʻrinish xususiyatiga ega boʻlgan, maʼlum bir ogʻirlikdagi maxsus tayyorlangan buyum hisoblanadi. “Girya” atamasining talqini rus lugʻatlarida XVII asr boshida paydo boʻlgan va baʼzi mutaxassislarning fikriga koʻra fors tilida “geran” – “vazn” soʻzidan kelib chiqqan. Bunday tosh buyumlar Fargʻona vodiysi hududida qadimgi davrda – eneolit va ilk bronza davrida yashab faoliyat yuritgan dastlabki dehqon jamoalari tomonidan ogʻirlik oʻlchovi sifatida foydalanilgan.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14844
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12238
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9964
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7999
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar