Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazi va nufuzli auksion uylari “Christie’s” hamda “Sotheby’s” bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

11.06.2025, 18:532111

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi dunyodagi eng yirik va nufuzli auksion uylari — Buyuk Britaniyada joylashgan “Christie’s” va “Sotheby’s” bilan hamkorlikni yangi, strategik rivojlanish bosqichiga olib chiqmoqda. Ushbu hamkorlik madaniy merosni asrab-avaylash, uni xalqaro miqyosda namoyon etish va oʻzbek xalqining boy tarixi hamda sanʼatini jahon hamjamiyatiga tanitishda muhim qadam hisoblanadi.

 

    Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov “Sotheby’s” vakillari — Maryam Kalo, Edvard Gibbs va Benedikt Karter, hamda “Christie’s” vakillari — Margo Oganesyan va Sara Pambli bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Uchrashuvlar davomida hamkorlik istiqbollari, auksion faoliyatidagi oʻzaro aloqalar va Oʻzbekiston madaniy merosiga taalluqli tarixiy artefaktlarni yurtimizga qaytarish masalalari muhokama qilindi.

 

    2025 yil 29–30 aprel kunlari “Sotheby’s”da oʻtkazilgan savdolarda Oʻzbekiston madaniy merosiga oid 34 ta lot tanlab olindi. Shuningdek, 1 may kuni “Christie’s” auksionida 14 ta tarixiy artefakt boʻyicha takliflar berildi va ularni rasmiy xarid qilish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Mazkur lotlar Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasiga qoʻshilishi rejalashtirilgan.

 

    Ikkala auksion uyi ham Oʻzbekiston tomoni bilan hamkorlikda xayriya auksionlari tashkil etish tashabbusini bildirdi. Joriy yilning sentabr oyida “Christie’s” bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro xayriya auksionida tarixiy buyumlar homiylar tomonidan xarid qilinib, markazga hadya qilinadi. Shuningdek, “Sotheby’s” ham Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi munosabati bilan maxsus xayriya auksioni oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

 

    Tomonlar markaz delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifini ham rejalashtirishdi. Tashrif doirasida “Christie’s” va “Sotheby’s” faoliyati bilan yaqindan tanishish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va "Oʻzbekiston merosiga oid artefaktlar koʻrgazmasini" tashkil etish koʻzda tutilgan.

 

    Islom sivilizatsiyasi markazi va mazkur auksion uylari oʻrtasidagi hamkorlik Oʻzbekistonning boy madaniy merosini asrash, global platformalarda uni namoyish etish va uning ahamiyatini xalqaro jamoatchilikka yetkazish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu hamkorliklar nafaqat madaniy mulklarni qaytarish, balki ularni ilmiy va ekspozitsion jihatdan tadqiq etish, ular orqali milliy tarixni dunyoga tanitishga xizmat qiladi.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14845
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12239
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9964
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7999
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar