Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

"Abushqa" — Navoiy asarlarini anglash kaliti

13.06.2025, 11:063147

“Abushqa” Alisher Navoiy asarlari uchun “Turkiy-chigʻatoyi” lugʻati 
Sankt-Peterburg, Rossiya Milliy kutubxonasi, Dorn 594
1560, Istanbul.

   

   Alisher Navoiy asarlari uchun lugʻatlar tuzish turli sulolalar davrida amalga oshirilgan. Xususan, safaviylar, ustoniylar, boburiylar va boshqa sulolalar davrida Navoiy  asarlarini tushunish uchun koʻplab lugʻatlar tugʻilgan. Usmoniylar davrida 1560 yilda Istanbulda  tuzilgan bu lugʻat shartli ravishda “Abushqa” deb nomlanadi. Chunki kitob aynan chigʻatoy turkchasidagi “Abushqa” soʻzini izohlash bilan boshlanadi. Asar muqaddimasi eski oʻzbek tilida yozilgan boʻlsa-da, unda eski oʻzbek tilidagi minglab soʻzlarning usmonli turkchasidagi muqobillari keltirilgan.

    Ayni paytda ushbu qoʻlyozma Sankt-Peterburgdagi Rossiya Milliy kutubxonasida, Dorn toʻplamida №594 raqami ostida saqlanadi. Eʼtiborlisi shundaki, mazkur asarning debochasi aynan navoiy uslubida, eski oʻzbek tilida bitilgan.

"Abushqa" — Navoiy asarlarini anglash kaliti

    Alisher Navoiy asarlarini chuqur tushunishni istaganlar uchun muhim manba boʻlgan «Abushqa» lugʻati XVI asrda Turkiyada tuzilgan izohli lugʻatlardan biri hisoblanadi. Muallifi nomaʼlum boʻlgan bu asar oʻzbek adabiyoti va tilshunosligida muhim oʻrin tutadi.

    Lugʻatning «Abushqa» deb nomlanishi uning aynan shu soʻzdan — yaʼni eski oʻzbek tilidagi  “keksa”, “qari”, “nuroniy” maʼnolarini anglatuvchi soʻzdan boshlanishi bilan bogʻliq. Ushbu lugʻatda nafaqat Navoiyning oʻziga xos uslubi, balki u yashagan davrning tili va maʼnaviy muhiti aks etgan.

    Qiziqarlisi, lugʻatda Alisher Navoiy asarlari bilan bir qatorda uning zamondoshlari tomonidan yozilgan asarlardan ham misollar keltirilgan. Bu esa “Abushqa”ning faqatgina bir shoir yoki bir tilga emas, balki butun bir davrning adabiy muhitiga xizmat qilganini koʻrsatadi.

    “Abushqa”ni tuzishda XV asrda hirotlik Toleʼ Imoniy tomonidan ishlab chiqilgan oʻzbekcha-forscha "Badoyeʼ ul-lugʻat" lugʻatidan keng foydalanilgani ham uning ilmiy asoslarga tayanganligini anglatadi. Bu lugʻat oʻz zamonida Navoiy ijodini fors tilida anglash istagida boʻlganlar uchun koʻp koʻmak bergan.

    “Abushqa” ilk bor 1862 yilda Budapeshtda sharqshunos Arminiy  Vamberi tomonidan Vengriyada  nashr etilgan. Keyinchalik, rus sharqshunosi V. Velyaminov, Zernov uni Rossiyada  "Al-lugʻat un-Navoiy val-istishhodot ilchigʻatoiya" — "Chigʻatoy tilidan shohidlik keltiruvchi Navoiy lugʻati" nomi ostida chop etdi. Bu tahrir lugʻatni keng xalqaro ilm-fan maydoniga olib chiqdi.

    Hozirgi kunda “Abushqa” lugʻati oʻzbek tilining boyligi, Navoiyning tili va badiiy uslubini anglashda betakror manba sifatida qimmatlidir. U nafaqat tilshunoslar, balki adabiyotshunoslar, tarixchilar va keng kitobxonlar qatlami uchun ham muhim qoʻllanma hisoblanadi.

Durdona Rasulova

P/S:Maqoladan markaz rasmiy sayti havolasini koʻrsatgan holda foydalanish mumkin.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14845
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12240
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9964
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7999
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar