Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Sharqning “Ikkinchi Renessans” davri xalqaro anjumanda eʼtirof etildi

16.06.2025, 09:451923

     Yurtimizdagi megaloyiha — davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi doirasida tashkil etilgan “Ikkinchi Renessans” ekspozitsiyasida qamrab olingan mavzular xalqaro miqyosda ham tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

        Buning yaqqol misoli sifatida Germaniyaning Berlin shahrida boʻlib oʻtgan “Innovatsiya va sanʼat ustalari: turkiy xalqlarning jahon ilm-fani va madaniyatiga qoʻshgan hissasi” mavzusidagi xalqaro anjumanni keltirish mumkin.

    Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

    Unda turkiy davlatlarning rasmiy vakillari, diplomatlar, olimlar, ekspertlar, diaspora faollari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

    Anjuman ishtirokchilari turkiy xalqlarning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi, buyuk allomalarning ilmiy merosi va madaniy durdonalarini oʻrganish masalalari haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
 

   Feliks Lyuning, Berlin Arxenxold observatoriyasi ilmiy xodimi:

Men anjumanda buyuk astronom va daho alloma Mirzo Ulugʻbekning ilmiy merosi haqida maʼruza qildim. Uning astronomik oʻlchovlaridagi aniqlik jahon ilm-fani uchun beqiyos ahamiyatga ega. Afsuski, Mirzo Ulugʻbekning bu buyuk kashfiyotlari Yevropada yetarlicha eʼtirof etilmagan. Holbuki, bu meros nafaqat oʻsha davr, balki bugungi zamon ilm-fani uchun ham juda muhim.

    Nilufar Toʻxboyeva, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti oʻqituvchisi:

Mazkur anjumanda men Amir Temur va Temuriylar davridagi meʼmorchilik sanʼati hamda uning rivojlanish bosqichlari haqida maʼruza qildim. Amir Temur davridagi meʼmorchilik va madaniyat durdonalarini Germaniya jamoatchiligiga tanishtirish bilan bir qatorda, bizgacha yetib kelmagan tarixiy obidalarni virtual ravishda tiklash boʻyicha amalga oshirayotgan loyihalarimni ham taqdim etdim.

    Jumladan, Shahrisabzda joylashgan Oqsaroyning dastlabki koʻrinishi va Amir Temur maqbarasining rivojlanish bosqichlari haqida maʼlumot berdim. Bu orqali buyuk ajdodlarimizning buyuk salohiyati va qoldirgan ilmiy-maʼnaviy merosini jahonga tanitishga hissa qoʻshishga harakat qildim. Ayni paytda tarixiy obidalarni ilmiy asosda oʻrganish borasida germaniyalik hamkasblarimiz bilan qoʻshma izlanishlar olib borayapmiz.

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilayotgan “Ikkinchi Renessans” ekspozitsiyasida “Temuriylar davri renessansi”ga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14846
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12240
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9964
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8000
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar