Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Kuvaytda Buxoro amiriga tegishli zeb-ziynatlar topildi

15.03.2025, 09:561197
Kuvaytda Buxoro amiriga tegishli zeb-ziynatlar topildi

O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi amaliy ko‘magida tashkil etilgan tashrifda delegatsiya aʼzolarini Muzey direktori Ziyad Rajab kutib oldi.

Kuvayt davlati poytaxti al-Kuvayt shahrida joylashgan Toriq Rajab muzeyi 30 000 dan ortiq qadimiy va zamonaviy buyumlardan iborat shaxsiy kolleksiyani o‘z ichiga oladi. Muzeyga kuvaytlik tadbirkor Toriq Sayyid Rajab tomonidan asos solingan. Muassasa o‘z faoliyatini 1980 yilda boshlagan. Unda ko‘p yillar davomida shakllangan shaxsiy kolleksiya jamlangan bo‘lib, Toriq Rajab muzeyi nomi bilan mashhur.

Ziyad Rajab bilan uchrashuvda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi. U ajdodlari ulug‘ millatning kelajagi ham buyuk bo‘lishini taʼkidlab, muhtaram yurtboshimizning islom olami madaniy-maʼrifiy merosini saqlash, kelajak avlodga beg‘araz yetkazish bo‘yicha qilayotgan ishlarini yuqori baholadi.

Delegatsiya aʼzolari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilishi kutilayotgan ekspozitsiyaga 50 ga yaqin jahon kolleksiyalarini jalb qilish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi. Mazkur voqea jahon muzeyshunosligi tarixida bir mamlakat merosi atrofida o‘nlab muzeylarni birlashtirgan birinchi yirik ekspozitsiya bo‘lishi taʼkidlandi.

Ziyad Rajab O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Toriq Rajab va shu nomdagi islom xattotligi muzeylari haqida gapirdi:
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi menda katta taassurot qoldirdi. Kelajakda siz bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Toriq Rajab muzeyining eksponatlarini yurtingizda namoyish etish tarixiy voqelik. Mazkur muzeyda O‘zbekiston madaniy merosiga oid qimmatli eksponatlar, shu jumladan, Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarining XIV asrda ko‘chirilgan nusxalari, Buxoro amiri va uning qarindoshlariga tegishli taqinchoqlar, Shayboniylar davriga oid miniatyuralar va ko‘plab eksponatlar mavjud.

Muzey ekspozitsiyasida islom olamining turli davrlari va jug‘rofiyasiga mansub bo‘lgan betimsol xattotlik namunalari, yuksak sanʼat darajasidagi kalligrafiya durdonalarini uchratish mumkin.

Muzeyimizda Buxorodan keltirilgan zargarlik buyumlari, qadimiy liboslar, qurol-yarog‘lar, hunarmandchilik ashyolari, matolar, shisha idishlar ham o‘rin olgan. Mening onam, asosan, zargarlik buyumlarini to‘plagan bo‘lsa, otam sopol va metall buyumlarga masʼul bo‘lganlar. Ota-onam aynan O‘zbekiston hududi va tarixiga qiziqqanlari bois muzeyda ushbu manzildan keltirilgan artefaktlar ko‘plab topiladi.

Uchrashuv yakunida Katta Langar Qurʼoni faksimile nusxasi, xattot Habibullo Solih tomonidan papirusga tushirilgan Muhammad (s.a.v) muhri aks etgan maktub nusxasi ham muzey direktori Ziyad Rajabga taqdim qilindi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar