Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

"Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans" ekspozitsiyasi bo‘yicha xorijning "Sila sveta" kompaniyasi taqdimoti ko‘rib chiqildi

19.03.2025, 16:261199
"Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans" ekspozitsiyasi bo‘yicha xorijning "Sila sveta" kompaniyasi taqdimoti ko‘rib chiqildi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida "Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans" ekspozitsiyasini tashkil etish yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Rossiyaning "Sila sveta" kompaniyasi vakillari ushbu ekspozitsiyani dunyo standartlariga mos ravishda tashkil etish bo‘yicha o‘z taqdimotini namoyish qildi. Yig‘ilishda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, Prezident administratsiyasi sho‘ba mudiri, Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. 

Taqdimotda immersiv texnologiyalar, multimediaviy yechimlar va axborot vositalari yordamida ekspozitsiyani yanada jonli va ta’sirchan qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Mehmonlar tomonidan yuqori texnologik yechimlar, virtual sayohatlar, interaktiv installyatsiyalar va tarixiy ma’lumotlarni zamonaviy usulda taqdim etish kabi takliflar bildirildi. 

"Biz “Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans” ekspozitsiyasida “Yoshlik bog‘i”ni tashkil etishni ko‘zda tutganmiz. Unda ko‘kka bo‘y cho‘zayotgan chinor daraxti mamlakatda ulkan rivojlanish davom etayotgani, yosh va iqtidorli avlod shakllanayotgani, ilm-fan, sportdagi yutuqlar ramzi sifatida aks ettiriladi. Buning o‘zagida Yangi O‘zbekistonning Prezidentining oqilona siyosati va mamlakatning qadriyatlari yotipti. Bu maskan kelajak avlodga ilhom manbai bo‘ladigan, ularga buyuk maqsadlar sari yo‘l ko‘rsatadigan maydonga aylanishiga umid qilamiz", — deydi kompaniya vakili Boris Kislitsin.

Muhokama jarayonida ekspozitsiyaning asosiy maqsadi – Islom sivilizatsiyasining buyuk ilmiy va madaniy yutuqlarini zamonaviy usullarda taqdim etish ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, ekspozitsiyada milliy va xalqaro hamkorlik asosida ishlab chiqilayotgan loyihalar alohida e’tirof etildi. 

"Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari asosida qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi chin ma’noda O‘zbekistonning buyuk tarixini ham alohida aks ettirishi lozim. Islom sivilizatsiyasi markazi ushbu yo‘nalishda ilmiy hamda madaniy merosimizni xalqaro miqyosda targ‘ib etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Prezidentimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan bunday loyihalar nafaqat yurtimiz, balki butun islom olami uchun muhim ahamiyatga ega. Bizni oldinda ulkan vazifalar kutmoqda. Siz kabi katta tajribaga ega tashkilotlar bilan birgalikda bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirib, tarixiy merosimizni kelajak avlodga munosib yetkazamiz", — dedi Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov.

"Sila sveta" kompaniyasi vakillari o‘z tajribalariga asoslanib, ekspozitsiyaning texnik va estetik jihatlari bo‘yicha amaliy takliflarni berishdi. Ular ta’kidlaganidek, zamonaviy muzey texnologiyalari orqali ekspozitsiyani nafaqat ilmiy, balki interaktiv va o‘ziga tortuvchi madaniy maskanga aylantirish mumkin. Yig‘ilish yakunida takliflar tahlil qilinib, loyihani yanada takomillashtirish uchun qo‘shimcha ishlar belgilab olindi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14822
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7975
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar