Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom olami robitasi Oʻzbekiston bilan birinchi rasmiy aloqalarini Islom sivilizatsiyasi markazidan boshlaydi

19.06.2025, 09:452783

   

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan Islom olami robitasi oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Ushbu uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi Nodir Turgʻunov, Islom sivilizatsiyasi markazi direktor oʻrinbosari Firdavs Halimov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining oʻrinbosari Davronbek Maqsudov, shuningdek Islom olami robitasi bosh kotibining koorporativ aloqalar boʻyicha yordamchisi Muhammad Abdulvahhob Ash-Shahriy, Islom olami robitasi tashkiloti katta ilmiy xodimi Mashhur Umar Abu Shaaf, konferensiyalar va tadbirlar boʻlimi rahbari Shakir Saloh Al-Advoniy ishtirok etdi.

Islom olami robitasi bosh kotibi bilan elchixonamizda bir necha bor uchrashuvlar oʻtkazilgan. Shu muloqotlar natijasida Islom sivilizatsiyasi markaziga rasmiy tashrif tashkil etish va hamkorlik yoʻlga qoʻyish boʻyicha muhim qadamlar qoʻyildi. Shuningdek, Oʻzbekistonda hadis ilmiga bagʻishlangan anjumanlar oʻtkazish, mahalliy hadisshunos olimlarni ragʻbatlantirish, ularning salohiyatini eʼtirof etishga doir loyihalar muhokama qilindi, - dedi elchi Nodir Turgʻunov. 

    Oʻz navbatida,  «Islom olami robitasi bilan avvaldan yaqin aloqalar mavjud. Buxoro deklaratsiyasi doirasida ushbu tashkilot vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilgan. Xususan, doktor Abdulaziz Sarxon bilan muloqotda bosh kotibni Oʻzbekistonga taklif qilish masalasi koʻtarilgandi. Bosh kotibning Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markaziga tashrifi, shuningdek 2025 yil avgust oyida Samarqandda oʻtkazilishi kutilayotgan IX xalqaro Madaniy meros konferensiyasida ishtirok etishi boʻyicha muzokaralar olib borilganini», - dedi Davronbek Maksudov. 

    Uchrashuvda Islom sivilizatsiyasi markazi direktor oʻrinbosari Firdavs Halimov markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari haqida soʻz yuritdi. 

Markaz xalqaro ilmiy hamkorlik, maʼrifiy faoliyat va qadimiy islom merosini tadqiq etish borasida yirik tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Bino meʼmoriy jihatdan oʻzgacha yondashuv bilan barpo etilgan. Xususan, markaz gumbazi ostida VII asrga oid Usmon mushafi – tarixiy Usmon Qurʼoni joylashtirilishi rejalashtirilgan boʻlib, bu jahon islom merosi uchun beqiyos ahamiyatga ega, - dedi Firdavs Halimov.

    Saudiyalik ishtirokchilar, jumladan Muhammad Ash-Shahriy va doktor Shakir Al-Advoniy, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga boʻlgan qiziqish va ehtiromini bildirib, Islom olami robitasi tomonidan Oʻzbekistondagi birinchi rasmiy aloqalarni aynan ushbu markaz orqali boshlash niyati borligini taʼkidlashdi. Bu borada tashrif va hamkorlik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Saudiya Arabistonidagi elchixona orqali muvofiqlashtiriladi.

    Uchrashuv soʻngida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, Oʻzbekistondagi ilmiy va maʼnaviy markazlar bilan hamkorlikda xalqaro miqyosdagi loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
 


Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14848
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12242
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9966
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8002
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar