Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY va Markaz oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

23.06.2025, 22:103161

    2025 yil 23 iyun kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda TURKSOY bosh kotibi, ilmiy kengash aʼzolari, ishchi guruh rahbarlari, xalqaro hamkor mutaxassislar ishtirok etdi.

    Yigʻilish avvalida, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Ilmiy kengash raisi Firdavs Abduholiqov markaz ekspozitsiyasini boyitishda Davlatlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev gʻoyasi va tashabbuslari asosida ishlab chiqilgan yangilangan konsepsiyada, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan yangi farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining muzey ekspozitsiyasini boyitish doirasida 1-bosqich uchun tanlab olingan loyihalar ijrosi jarayonini yanada jadallashtirish muhimligi, 5 muhim yoʻnalish boʻyicha ishlarni amalga oshirishning bugungi holati, kutubxona salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorlik, global koʻrgazmalar va ilmiy tadbirlarni tashkil etish, ommaviy axborot vositalari va multimedia loyihalar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan maʼlumot berdi.

    Shundan soʻng, yigʻilishning asosiy mehmoni — TURKSOY bosh kotibi Sultan Rayev soʻzga chiqib, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat Oʻzbekiston balki butun mintaqa, turk va musulmon olami uchun oʻziga xos hodisa ekanligini taʼkidladi. Bu yirik muassasa Oʻzbekiston prezidenti Shavkat  Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan Yangi Oʻzbekistondagi betakror siyosatning samarasi ekanligini qayd etdi.

    Yigʻilish dasturining asosiy qismida TURKSOY va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Shuningdek, muzey kolleksiyasini boyitish maqsadida hadya qilingan qadimiy tangalar, noyob eksponatlar va matolar tadbir doirasida namoyish etildi. Tarix fanlari doktori, professor Gʻaybulla Boboyorov ushbu ashyolarning ilmiy va madaniy ahamiyatiga toʻxtalib, Markaziy Osiyo, xususan Oʻzbekiston hududi, qadimdan tanga pullar topilmalari bilan ajralib turishi, 2500 yildan beri savdo-sotiq va iqtisodiy munosabatlar asosan tanga pullar orqali amalga oshirib kelinganini qayd etdi.

    Kun tartibi doirasida esa joriy yil 29 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning markazga amalga oshirgan tashrifi va davlat rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangilangan konsepsiya, shuningdek, joriy yil 11 mart kuni oʻtkazilgan Vasiylik Kengashining kengaytirilgan yigʻilishi bayonnomasi va iyun oyida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 392m-sonli farmoyishida nazarda tutilgan vazifalar, xususan, muzey ekspozitsiyasini boyitish, loyihalarni ilmiy, maʼrifiy va texnologik jihatdan takomillashtirishga qaratilgan ishlar, kutubxona fondini shakllantirish hamda Markazning ochilish marosimini yuqori saviyada tashkil etish kabi 10 ga yaqin ustuvor masalalar ijrosi tahliliy koʻrib chiqildi.

    Shu bilan birga, muzey ekspozitsiyasini boyitish ishlarini takomillashtirish boʻyicha, xususan:

  • Ilmiy restavratsiya laboratoriyasini ishga tushirish;
  • Markazning ikkinchi qavati va KING’S COLLEGE xattotlik maktabi taqdimoti;
  • Muzey ekspozitsiyasining 5 yoʻnalishlari boʻyicha taqdimotlar;
  • Ochilish tadbirlari doirasida oʻtkaziladigan auksion va undan oʻrin olishi kutilayotgan tarixiy va madaniy meros ashyolariga oid London safarida tashkil etiladigan tadbirlar;
  • Kutubxona boʻlimi doirasida esa nodir kitoblarni, zamonaviy texnik talablarga asosan skanerlash va ularni saqlash yuzasidan taqdimotlar;
  • Shuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik va targʻibot kabi masalalar koʻrib chiqildi.

     Shuningdek, megaloyihaning muzey ekspozitsiyasini boyitish doirasida olib borilayotgan ishlar, 800 ga yaqin ishlab chiqilgan loyihalarning 1-bosqich ishlari tahlili va ularning ijrosini taʼminlash jarayonlarini jadallashtirish hamda rasmiy ochilish marosimini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

    Kun tartibi doirasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi uchun 1-bosqich loyihalarning 1-toifadagi yakuniy media loyihalar taqdimoti jadvalini tasdiqlash, “Islomdan avvalgi davr”, Birinchi va Ikkinchi renessans davrlari, Oʻzbekiston XX asrda, Xonliklar davrlari, Yangi Oʻzbekiston Yangi Renessans poydevori boʻlimlari ekspozitsiyalari boʻyicha tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.

    Barcha ishchi guruh va kichik guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish, belgilangan loyihalarni belgilangan muddatlarda va yuqori saviyada amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.



    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 23 iyundagi qaroriga binoan 2018 yilgi Ramazon hayiti kuni Markaz qurilishi poydevoriga tamal toshi qoʻyilgan. Markaz binosi 7 gektardan ortiq maydonda joylashgan. Markaz binosining toʻrt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar bunyod etilgan, oʻrtada 65 metrli mahobatli gumbaz qurilgan.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5
carousel image 6

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14849
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12243
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9967
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8002
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar