Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Temuriylar Renessansi va Oʻzbek xonliklari: muzey ekspozitsiyasida yangi ilmiy yondashuv

24.06.2025, 21:202312

    Bugungi kunda Oʻzbekistonda tarixiy xotirani saqlash va buyuk ajdodlar merosini zamonaviy talqinda xalq va jahon jamoatchiligiga yetkazishga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday tashabbuslardan biri Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyida “Ikkinchi Renessans davri” ekspozitsiyasining tashkil etilayotganidir. Bugun ayni shu yoʻnalishda “Ikkinchi Renessans davri”: Temuriylar va Oʻzbek xonliklari” mavzusiga bagʻishlangan ekspozitsiyani shakllantirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

    Temuriylar tarixi davlat muzeyida mazkur ekspozitsiyaning mazmun va shakliga doir masalalar muhokama qilindi. Unda tarix, islomshunoslik, astronomiya va muzeyshunoslik sohalarida faoliyat yurituvchi yetakchi ilmiy muassasalar vakillari ishtirok etishdi. Yigʻilishda 1-toifadagi ilmiy loyihalar natijalarini ekspozitsiyaga integratsiya qilish, artefaktlarni tanlash va ularning shakllari — asl nusxa, mulyaj yoki raqamlashtirilgan koʻrinishda namoyish etilishi kabi muhim masalalar koʻrib chiqildi. 

    Ekspozitsiya bir nechta mavzuda sektorlarga boʻlinishi rejalashtirilgan boʻlib, har bir boʻlim oʻsha davrning oʻziga xos ilmiy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy jihatlarini yoritib berishi kerak. Jumladan, Mirzo Ulugʻbek sektorida astronomik asboblar, rasadxona maketi va ilm-fanga boʻlgan yondashuv, Alisher Navoiy va Kamoliddin Behzod sektorida adabiyot va sanʼat namunalari, Shayboniylar, Ashtarxoniylar, Buxoro amirligi, Xorazm va Qoʻqon xonliklari sektorlarida esa ilmiy homiylik, madaniy muhit, meʼmorchilik va kashfiyotlar namoyon etiladi.

    Aniq misol sifatida, Abdullaxon tomonidan qurilgan suv inshootlari, Qoʻqonda qogʻoz ishlab chiqarilishi, Xivada maqom sanʼati va Buxoroda ilm-fan muhiti kabi elementlar tilga olindi.

    Muhokama jarayonida interaktiv usullar, multimedia texnologiyalari va raqamli arxivlardan foydalangan holda zamonaviy ekspozitsiyani shakllantirish taklif qilindi. Xususan, qoʻlyozmalarni faqatgina bir necha varaq orqali emas, toʻliq raqamli nusxada taqdim etish, videoroliklar orqali davr ruhini jonli yetkazish kabi usullar muhokama markazida boʻldi. Muhim jihatlardan biri — Temuriylar Renessansini xalqaro miqyosda namoyon etishdir. Chunki ushbu ekspozitsiya nafaqat oʻtmish iftixorini, balki Oʻzbekistonning ilm-fan, madaniyat va maʼrifat borasidagi ulkan salohiyatini koʻrsatishga xizmat qiladi. 

    “Temuriylar va Oʻzbek xonliklari” ekspozitsiyasi — bu tarixiy merosni XXI asr texnologiyalari orqali anglash, uning ruhiy va intellektual qiymatini keyingi avlodlarga yetkazishga qaratilgan yangi sahifa. Mazkur loyiha Ikkinchi Renessans gʻoyasining amaliy ifodasi, buyuk ajdodlarga munosib ehtirom va milliy oʻzlikning maʼnaviy poydevoridir.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14850
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12243
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9968
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8002
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar