Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Ikkinchi Renessans: sivilizatsiyalar, shaxslar, kashfiyotlar bir manzilda uygʻunlashmoqda

26.06.2025, 20:012773

   

    Oʻzbekistondagi
Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtgan navbatdagi ishchi guruh muhokamasi ilmiy maslahatchilar, texnik mutaxassislar, ssenariynavislar, restavratorlar va vizual dizaynerlarning jiddiy bahs-munozaralariga sabab boʻldi. Unda Markaz muzeyidan oʻrin oladigan “Ikkinchi Renessans davri” ekspozitsiyasi loyihalarining mazmuni, texnik taʼminot va ilmiy yondashuvlari hamda ijrosi yana bir bor tahlil qilindi.

    Yigʻilish davomida Markaz ekspozitsiyasining asosiy mazmuniy yoʻnalishlari, texnik va texnologik jihatlari, multimediaviy taqdimot shakllari, shuningdek, qisqa metrajli film va videoroliklar konsepsiyasi atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuvda ekspozitsiyalar mazmunini soddalik asosida emas, balki sivilizatsiyaviy asosda – shaxs, tafakkur va kashfiyotlar orqali yoritish zarurligi alohida taʼkidlandi.

      

             Sivilizatsiyaviy yondashuv asosiy mezon sifatida belgilandi

    Muhokamalar davomida Islom sivilizatsiyasi markazi oddiy tarixiy ekspozitsiyalar toʻplami emas, balki oʻzbek xalqining tafakkur oʻzagi, madaniy va ilmiy oʻzligini ifodalovchi sivilizatsiyaviy makon boʻlishi lozimligi qayd etildi. Har bir ekspozitsiya, har bir boʻlim va har bir tarixiy siymo orqali oʻz davrining ilmiy, maʼnaviy va ijtimoiy ongini ifodalovchi mazmun yaratilishi kerakligi bildirildi.

   
    Shu munosabat bilan, ekspozitsiyalarning mazmuni quyidagi konseptual tamoyillarga asoslanmoqda:

  • Shaxs va tafakkur uygʻunligi – tarixiy siymolar faoliyati orqali ularning gʻoyalari, ilmiy merosi va jamiyatdagi taʼsiri ochib beriladi;
  • Kashfiyotlar ruhi – Qurʼon ilmi, tafsir, hadis, fiqh, matematika, astronomiya, sanʼat, meʼmorchilik va tibbiyotdagi yutuqlar tarixiy obʼekt emas, inson tafakkurining mahsuli sifatida namoyon etiladi;

    Uzviylik va izchillik – sivilizatsiyaviy taraqqiyot bosqichlari oʻzaro bogʻliq holda, mintaqaviy, zamonaviy va global kontekstda yoritiladi.

    Tarixiy siymolar – gʻoya va qadriyatlar timsolida

    Yigʻilishda har bir tarixiy shaxs — oddiy voqealar ishtirokchisi emas, balki oʻz davrida jamiyat tafakkurini belgilagan siymo sifatida ochib berilishi lozimligi alohida taʼkidlandi.

         Misollar:

    Amir Temur – nafaqat sarkarda, balki davlat, adolat, tartib va ilm homiysi sifatida;

    Mirzo Ulugʻbek – nafaqat astronom, balki tafakkur va tanqidiy fikrlash asoschisi sifatida;

    Alisher Navoiy – nafaqat shoir, balki til va ijtimoiy adolat gʻoyalarini ilgari surgan mutafakkir sifatida;

    Ayol siymolari – saroy madaniyatining bir boʻlagi emas, balki ilm va tarbiyada faol ishtirok etgan, jamiyat shakllanishiga bevosita hissa qoʻshgan shaxslar sifatida yoritiladi.

         Multimedia vositalari va texnologik yondashuvlar muhokama markazida

    Yigʻilishda ekspozitsiyalarda foydalanilayotgan texnologik vositalar va ularning funksional imkoniyatlari ham koʻrib chiqildi. Xususan:

  • Interaktiv panellar orqali shajaralar, xaritalar, matnlar va tasvirlar jonlantiriladi;
  • Sensorli vitrinlarda noyob qoʻlyozma nusxalari va ularning ilmiy tavsiflari taqdim etiladi;
  • 3D maketlar orqali rasadxonalar, maqbaralar va tarixiy obidalar rekonstruksiya qilinadi;
  • Ovozli tizimlar yordamida tashrif buyuruvchilarga har bir boʻlim haqida eshittirish imkoniyati yaratiladi;
  • Gigant monitorlarda esa qisqa metrajli hujjatli filmlar, dramatik sahnalar va jonli lavhalar namoyish etiladi.

    Kino mahsulotlari: tarixiy obrazlarni jonlantirish vositasi sifatida

    Shuningdek, yigʻilishda Markaz doirasida ishlab chiqilayotgan qisqa metrajli filmlar va videoroliklar konsepsiyasi ham muhokama qilindi. Mazkur mahsulotlar tarixni nafaqat faktlar orqali, balki hissiyot va hikoya vositasida yetkazishga xizmat qiladi.

    Rejalashtirilgan tarixiy sahnalardan baʼzilari:

    “Umar Aqta tomonidan Qurʼon koʻchirilishi”;

    “Ulugʻbek rasadxonasidagi soʻnggi kuzatuv”;

    “Behzodning dastlabki miniaturasi”;

    “Navoiy va Jomiy oʻrtasidagi ilmiy munozara”.

    Mazkur sahnalar Markazga tashrif buyuruvchi yoshlar va xalqaro mehmonlarda tarixiy ong, sivilizatsiyaviy xotira va madaniy iftixorni uygʻotishga xizmat qilishi kutilmoqda.

         Yigʻilish yakuni va kelgusi vazifalar
 

    Yigʻilish yakunida har bir sektor va ekspozitsiya boʻyicha kontentlar yakuniy koʻrinishga keltirilishi, mavjud ilmiy-tarixiy manbalar asosida izchil asoslab chiqilishi, ekspozitsiyalar mazmunida ilm, tafakkur, maʼnaviyat va zamonaviy koʻrgazma estetikasi uygʻunlashgan boʻlishi lozimligi qayd etildi.

    Bundan tashqari, koʻrgazma boʻlimlarining tarbiyaviy, didaktik va madaniy ahamiyatini oshirish, ularni xalqaro talablarga mos ravishda takomillashtirish, xorijiy mehmonlar uchun koʻp tilli axborot tizimini joriy etish masalalari ham kun tartibiga qoʻyildi.

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi — bu tarixni saqlash emas, balki uni zamon ruhida anglash va uni avlodlar tafakkuriga yetkazish uchun yaratilayotgan noyob ilmiy-maʼrifiy maskandir. Yigʻilishda bildirilgan fikr-mulohazalar va qabul qilingan qarorlar ushbu maskanni xalqaro miqyosda eʼtirof etiluvchi, gʻoya, maʼnaviyat va tafakkur uygʻunligining timsoliga aylantirish yoʻlida muhim qadam boʻldi.
 

Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5
carousel image 6
carousel image 7

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14850
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12244
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9968
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8003
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar