Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Vaqt devori”da sivilizatsiyalar 3D texnologiya orqali namoyon boʻladi

28.06.2025, 20:562568

    Oʻzbekistondagi megaloyiha ekspozitsiyasidan joy oladigan “Vaqt devori” islomdan avvalgi davrlardan boshlab temuriylar, boburiylar sulolalarigacha boʻlgan davrlarni qamrab oladi. Xronologik tartibda tuziladigan mazkur loyihadagi ekspozitsiyalar  zamonaviy miniatyura, 3D grafika va interaktiv texnologiyalar orqali namoyon etiladi. Shu munosabat bilan Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazida “Islomdan avvalgi davr” boʻlimi ekspozitsiyasini takomillashtirishga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Rossiyaning “Planet 9” dizayn kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha  tahlil qilindi.


    Kompaniya vakillari Markaz tomonidan taqdim etilgan kontentlar asosida ekspozitsiyani tizimlashtirish, dizayn va joylashtirish boʻyicha ishlab chiqqan loyihani taqdim etdilar. Taqdimot davomida “Vaqt devori”da aks ettirilishi rejalashtirilgan eksponatlardan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, qadimgi xaritalar masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Turli manbalar, onlayn platformalar va dasturlar asosida xaritalar boʻyicha yangi kontentlar ishlab chiqish hamda ekspozitsiyani yanada boyitish boʻyicha takliflar ilgari surildi.  


    Oʻz ISM katta ilmiy xodimi Obid Tangirov  taʼkidlashicha, dunyoning yirik muzeylaridan tajribali mutaxassis jalb etilgani va “Planet 9” dizayn kompaniyasi bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlarining sifatli va professional tarzda amalga oshirilishiga xizmat qilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, Markaz kontentini mazmunan boy va zamonaviy talablarga mos ravishda shakllantirish maqsadida 2 000 dan ortiq mahalliy va xorijiy olimlar, mutaxassislar va ekspertlar faol ishtirok etmoqda. Hozirgacha 800 dan ziyod ilmiy va innovatsion loyihalar ishlab chiqilgan boʻlib, ularni amalga oshirish uch bosqichda rejalashtirilgan.
 

Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati 

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14851
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12245
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9968
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8003
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar