Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“114 Qurʼon” loyihasida yuzlab nodir manbalar oʻrganilmoqda

30.06.2025, 10:542133

    Fransiya, Turkiya va Avstriyadan nufuzli mutaxassislar Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikda “114 Qurʼon” loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha doirasida Oʻzbekistonga tegishli yanada koʻproq Qurʼon qoʻlyozmalari tanlab olindi. Onlayn muloqotlar, hujjat almashinuvi va ilmiy muhokamalar orqali loyiha yangi bosqichga kirdi.


    Joriy haftada mazkur loyiha istiqbollari yuzasidan Avstriyaning Müller & Schindler kompaniyasi vitse-prezidenti Aleksandr Vilgelm hamda qurʼonshunos olimlar Fransua Derosh (Fransiya) va Emek Ushenmez (Turkiya) bilan onlayn tarzda uchrashuv oʻtkazildi.





    “Asosiy maqsadimiz — Qurʼonning turli tarixiy nusxalarini ilmiy tadqiq qilish, ularning yuqori sifatdagi faksimile nusxalarini olish va buni jahon jamoatchiligiga yetkazishdir,” – deydi Islom sivilizatsiyasi markazi katta ilmiy xodimi Azimjon Gʻafurov.


    Fransua Derosh ayrim muzeylardan faksimile nusxalarini olishdagi baʼzi masalalar yechimi ustida ishlanayotganini bildirdi.





    Emek Ushenmes esa loyihaga katta havas bilan yondashmoqda:


    “Biz yanada koʻproq Oʻzbekistonga tegishli Qurʼonlar tanlab oldik. Belgilangan fursatgacha ulgurishga harakat qilamiz,” — dedi turkiyalik olim.
 

    “114 Qurʼon” — islom merosi boʻyicha xalqaro hamkorlikning yorqin namunasi. Ushbu loyiha dunyodagi eng nodir yozma manbalarni ilmiy asosda tadqiq qilish va kelajak avlodga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. 
 

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14851
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12246
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9969
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8004
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar