Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

04.04.2025, 23:001246
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, 4-aprel kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Abu-Dabidagi “Manara” Hamjihatlikda yashash va mintaqaviy muloqot markazi bilan hamkorlikda “Muloqot, hamjihatlik va istiqbol” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbirni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov ochdi.

Davra suhbatida Parlamentlararo ittifoq vitse-prezidenti "Manara" markazi rahbari doktor Ali Roshid al-Nuaymiy ham so‘zga chiqib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

"Ikki davlat o‘rtasidagi istiqbolli rejalar amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va hamkorlik aloqalari ravnaq topishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan barpo etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi islom olami uchun juda katta voqelik bo‘ldi. Bu muhim tashabbus O‘zbekistonni yanada dunyoga tanitadi, ko‘plab olimlar, mehmonlar va ilm ahlini bir yerga to‘playdi. Markazning ochilishi mamlakat taraqqiyoti va yanada barqaror rivojlanishi uchun tamal tosh vazifasini o‘taydi, deb o‘ylayman."

"Hurmatli Prezidentimiz bugungi kunda markazimizning ikkinchi qavatiga xorijiy hamkorlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar ofislarini joylashtirish bo‘yicha alohida topshiriq berdilar. Markaz binosida xorijiy tashkilotlar vakillari mahalliy olimlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishlari mumkin.

Bugungi tadbir doirasida biz Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida joylashgan “Manara” markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolayapmiz. Memorandumga asosan, yaqin kelajakda “Manara” markazi filiali O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosida o‘z faoliyatini boshlaydi" dedi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Muzeyga tashrif buyuradigan mehmonlarga yuqori saviyada xizmat ko‘rsatish maqsadida markazning bir guruh ilmiy xodimlari BAAda malaka oshirish uchun yuboriladi. Bu jarayon “Manara” markazi rahbariyati taklifi asosida amalga oshiriladi. 

Tadbir yakunida Islom sivilizatsiyasi markazi Birlashgan Arab Amirliklari Abu Dabi shahrida joylashgan “Manara” markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi markaz binosida “Manara” markazining filiali faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida esdalik sovg‘alari almashindi.

Ushbu hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro mavqeini yanada oshirishga hissa qo‘shadi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5
carousel image 6
carousel image 7
carousel image 8
carousel image 9
carousel image 10

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14823
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7976
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar