Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari: "Markazdagi eksponatlar shunchaki namoyish etilmaydi, har bir – mega ko‘rgazma bo‘ladi"

05.04.2025, 12:361256
Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari: "Markazdagi eksponatlar shunchaki namoyish etilmaydi, har bir – mega ko‘rgazma bo‘ladi"

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalari bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda. Markazda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qurilish borasida muhim vazifalar muhokamasi o‘tkazildi. Unda Markaz ekspozitsiyasini ilmiy-innovatsion artefaktlar bilan boyitish qatorida ichki va tashqi ko‘rinish, binoga olib boruvchi yo‘llar, majmua atrofida bog‘larni bunyod etish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.


Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov markaz ekspozitsiyasini ilmiy-innovatsion artefaktlar bilan boyitish ishlari qurilish jarayoni bilan mutanosib tarzda amalga oshirilishi zarurligini ta’kidladi:
 

Markaz ekspozitsiyani xalqaro standartlar asosida joriy qilish maqsadga muvofiq. Rossiyaning Ermitaj va Italiyaning Bolonya muzeylarida ko‘rgazmalar cheklanmagan tarzda namoyish etiladi. Xuddi shu amaliyotni o‘zimizda ham qo‘llash samarali natija beradi, deb o‘ylayman. Markaz eksponatlarining doimiy, vaqtincha va ko‘chma namoyish etilishiga ahamiyat berish lozim. Ular shunchaki namoyish etilmaydi, har bir ko‘rgazma – mega ko‘rgazma bo‘ladi. Mavsumga, tarixiy kunlarga qarab eksponatlar almashib turadi. Bu boradagi xalqaro hamkorlikni natijador bosqichga olib chiqish zarur.


Fransiyaning “Wilmotte&Associes” va “Outor Factory” kompaniyalari vakillari ham muzokaralarda onlayn ishtirok etdi. Markaz binosining arxitektura va dizayn masalalari bo‘yicha muhim takliflar bildirdi. “Wilmotte&Associes” direktori Emmanuel Brelot uchrashuvda bo‘lajak majmuaning shakli, intereri va mazmuni haqidagi takliflar ko‘rib chiqilayotgani, ekspozitsiyani yangi segmentlar bilan boyitish ishlari davom etayotganini ta’kidladi.


Qurilish bo‘yicha maslahatchi Botir Zokirov markaz nafaqat qurilish jihatdan mukammal, balki, uni zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish, tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoit yaratish hamda ekspozitsiyalarni yanada interaktiv va qiziqarli qilish yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi.


Davra suhbatining ikkinchi qismida Botir Zokirov, Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori Xurshid Fayziyev, O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi direktori Jannat Ismoilova va “Wilmotte&Associes” direktori Emmanuel Brelot markaz ekspozitsiyasini artefaktlar bilan to‘ldirish va shu bilan barobar, qurilish jarayonlari borishini muhokama qilishdi.


O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etish va uni tarixiy-ma’rifiy maskanga aylantirish yo‘lida ishlar davom etmoqda.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14823
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12217
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9945
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7976
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar