Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazi – meros va bilim targ‘ib etuvchi maskan

09.04.2025, 11:501187
Islom sivilizatsiyasi markazi – meros va bilim targ‘ib etuvchi maskan


O‘monning “Ar-Ro‘ya” nashri jurnalist Ibrohim Al-Hodiyning “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi: meros va bilimlarni targ‘ib qiluvchi madaniy yodgorlik” sarlavhali maqolasini chop etdi.


Toshkentdagi Islom Sivilizatsiyasi markazi O‘zbekistonning madaniy muloqotni rivojlantirishga sodiqligini tasdiqlagan holda, islom merosini asrab-avaylab, bu boradagi mavjud an’analarni targ‘ib etadigan global markazga aylanishni maqsad qilgan, – deb yozadi muallif. – 2018 yil Ramazon hayiti kuni inshoot poydevoriga tamal toshi qo‘yilgan. Hazrati Imom tarixiy majmuasi hududida joylashgan markazning mahobati har qanday kishini o‘ziga rom qiladi...


An’anaviy o‘zbek me’morchiligi va zamonaviy texnologiyani mujassam etgan markaz uch qavatli keng binodan iborat, baland gumbazli islom dizayni ulug‘vorligini aks ettiradi.


Markazning maqsadi musulmon olimlari mehnatini hujjatlashtirish, UNESCO va ISESCO kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bag‘rikenglikka asoslangan qadriyatlarni targ‘ib qilishdir.


Markaz asrlar davomida islom sivilizatsiyasi rivojini o‘rganuvchi bir necha asosiy bo‘limni o‘z ichiga olgan. Ikkinchi qavatda noyob eksponatlarga boy keng muzey, kattagina majlislar zali, uchinchi qavatda minglab qo‘lyozmalar, ulkan kutubxona bor.


Ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda, butun dunyo tadqiqotchilari ishtirokida ko‘plab loyihalar amalga oshiriladigan ushbu markaz ilmiy va madaniy almashinuv maydoniga aylanishi kutilmoqda.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14824
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12218
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9946
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7977
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar