Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans” ekspozitsiyasi markazning tashrif qog‘ozi bo‘lishi kutilmoqda

08.04.2025, 16:271264
“Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans” ekspozitsiyasi markazning tashrif qog‘ozi bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Rossiyaning “Sila sveta” kompaniyasi va hamkor tashkilotlar, olimlar hamda mutaxassislar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 


Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov yig‘ilganlarga markazning “Yangi O‘zbekiston –Yangi Renessans” bo‘limini yaratishda jiddiy e’tibor qaratish lozimligi haqida gapirdi:


“Yangi O‘zbekiston –Yangi Renessans” bo‘limi markazning tashrif qog‘ozi bo‘ladi. Shuning uchun ham mahalliy mutaxassislardan sohalariga sidqidildan yondashishlari so‘ralib, hamkor tashkilot vakillariga o‘zlarining loyihalarini puxta va mukammal shaklda taqdim etilishida e’tibor qaratishlari lozim. 


Shuningdek, uchrashuvda   “Sila sveta” kompaniyasi asoschisi Aleksandr Us, kompaniya ijodiy direktori Boris Kislitsin yig‘ilganlarga o‘z taqdimotlarini namoyish etdi. Nufuzli kompaniya vakillari ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. 


Markaz katta ilmiy xodimi Obidjon Tangirov har bir eksponatni muzeylashtirish va bu jarayonlarni hujjatlashtirish bo‘yicha texnik topshiriqlar, loyihalarni moliyalashtirish tartiblari haqida ma’lumot berib o‘tdi. 


“Sila sveta” kompaniyasi “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans” ekspozitsiyasi uchun immersiv shou loyihasini taklif qilmoqda. Ushbu shou orqali Yangi O‘zbekistondagi ilmiy va madaniy taraqqiyot, zamonaviy islohotlar va bunyodkorlik ishlari innovatsion usullarda namoyish etiladi.  Shou orqali O‘zbekistonning ilmiy yutuqlari va mamlakatda amalga oshirilayotgan  islohotlar aks ettirilishi ko‘zda tutilgan. 


Uchrashuv davomida loyihalarning bajarilish tartiblari,  unda ahamiyat qaratilishi kerak bo‘lgan mazmun, mohiyat va texnik yechimlar muhokama qilindi. Markazni mazmunan boyitish bo‘yicha zarur taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14824
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12218
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9946
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7977
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar