Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Kinoijodkorlar bilan medialoyihalar uchun maxsus filmlar va roliklar yaratish masalasi muhokama qilindi

10.04.2025, 12:171095
Kinoijodkorlar bilan medialoyihalar uchun maxsus filmlar va roliklar yaratish masalasi muhokama qilindi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida hujjatli filmlar suratga olish jarayonlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov, Kinematografiya agentligi rahbari Shuhrat Rizayev, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” vakillari hamda markaz olimlari ishtirok etdi.


Yig‘ilishda markaz ekspozitsiyasi uchun hujjatli filmlar tayyorlash, ularni zamonaviy media kontentlar asosida boyitish, targ‘ibot salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Amir Temur va Temuriylar mavzusi misolida tarixiy shaxslarning ma’rifiy qiyofasini keng yoritish, bunyodkorlik faoliyatini yorituvchi rang-barang videomahsulotlar yaratish muhimligi ta’kidlandi. 


"Markaz ekspozitsiyasini yaratishda biz hukmdorlarning bunyodkorlik ishlariga alohida e’tibor beryapmiz. Masalan, Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar bo‘limida Amir Temurning ilm-ma’rifat yo‘lida amalga oshirgan ulug‘vor faoliyatiga urg‘u beriladi va e’tibor qaratiladi. Bunyod etgan madrasalari, yo‘lsozlikdagi, bog‘-rog‘ yaratishdagi, ko‘prik qurdirishdagi ishlari ochib beriladi. O‘sha davrda yetishib chiqqan allomalar, shoir-u, fuzalolar faoliyatiga asosiy rakurslarni qaratyapmiz. Hujjatli filmlar suratga olinishida ham ana shu jihatlar inobatga olinishi kerak. Tarixiy siymolarni yaratishda bolalar uchun ham maxsus kontentlar bo‘lishi zarur. Shuning uchun tarixiy siymolar haqida animatsion formatda mahsulotlar yaratish g‘oyasi ilgari surilyapti. Shuningdek, hujjatli filmlar rangdor va tomoshabinni kengroq jalb qilishi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish kerak. Shuningdek, hujjatli filmlarda zamon bilan hamnafaslik ufurib turishi kerak. Bunda axborot texnologiyalarni yaxshi biladigan, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalana oladigan yoshlarni jalb qilishni taklif qilaman", — dedi Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov.


Kinematografiya agentligi rahbari Shuhrat Rizayev ilmiy asoslangan, ekspozitsiya mavzusiga mos hujjatli filmlar yaratishda markaz olimlari bilan hamkorlik qilish muhimligini bildirdi.

"Birinchi bosqichda kino fondimizda mavjud filmlardan ekspozitsiya uchun o‘nlab variantlarni taqdim etishimiz mumkin. Ammo bunga jiddiy e’tibor qaratishimiz kerak. Bunda agentligimizda maxsus ishchi guruh tuzilgan,  mas’ullar biriktirilgan, ular allaqachon ishlarni boshlab yuborgan. Tariximizda avlodlarga namoyish etiladigan manbalar ko‘p. Biz bunda markaz tomonidan loyihalarga biriktirilgan olimlar bilan hamkorlikda ekspozitsiya uchun munosib hujjatli filmlar taqdim etishni oldimizga maqsad qilganmiz", — dedi Shuhrat Rizayev.


Tadbir yakunida kino mutaxassislari va ekspozitsiya bo‘limlari uchun mas’ul olimlar o‘rtasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, markaz ochilishigacha sifatli hujjatli filmlar tayyorlash bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14826
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12219
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9947
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7978
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar