Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishida qanday masalalar koʻrib chiqildi?

11.04.2025, 23:071163
Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishida qanday masalalar koʻrib chiqildi?

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Ilmiy kengashning navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini kontentlar, artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Markazda Restavratsiya boʻlimi tashkil etish boʻyicha “Ermitaj” muzeyi vakili Igor Malkiyel taqdimoti tinglandi.

“Ermitaj” muzeyida saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixiga oid eksponatlarni Markazga olib kelish masalalari koʻrib chiqildi. Shu bilan birga, 9 ta yoʻnalish boʻyicha boʻlim rahbarlari ekspozitsiyadagi oʻzgarish va qoʻshimchalar yuzasidan taqdimot qildilar.

Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov yigʻilishda ishtirok etgan kengash aʼzolari va xalqaro hamkorlarni Markaz qurilishida yakdil harakat qilishga chaqirdi.

“Maqsadimiz bir — mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bildirgan ishonchni oqlash. Birgalikda bu masʼuliyatli ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Xabaringiz bor, bu yoʻlda samarali ishlar qilinyapti. Loyihalarga 3 mingdan ortiq mahalliy va xalqaro hamkorlarni jalb qilganmiz. 9 ta yoʻnalish boʻyicha  40 dan ortiq ishchi guruh tuzilgan. Markazning 5 ta asosiy zallarini eksponatlar bildan toʻldirish boʻyicha bahslar, muzokaralar, qizgʻin muloqotlar ketmoqda. Jarayonlarga mahalliy olimlarning fikrlariga tayanib, xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-innovatsion yondashilmoqda”, — dedi Firdavs Abduxoliqov.

“1001 kashfiyot” kompaniyasi direktori Salim Ahmad bolalar uchun intellektual maydoncha yaratish boʻyicha maxsus loyiha bilan ishtirok etdi. Ushbu loyiha doirasida bolalar allomalar bilan muloqotda boʻladigan, kitob orqali markazni tanishadigan imkoniyatlar yaratilishi rejalashtirilmoqda.

“Bugungi kunda 20 dan ortiq ana shunday mega loyihalarda ishtirok etganmiz. Faoliyatimiz davomida musulmon davlatlarda 40 dan ortiq  loyihalarni amalga oshirganmiz. 500 mingdan ortiq bola bizning loyihalardan bahramand boʻlgan. Keyingi katta ishimizni Oʻzbekiston bilan bogʻlayotganimizdan mamnunmiz. Intellektual maydoncha dorasida bolalar allomalarni yaqindan koʻradi, muloqot qiladi, virtual tanishishga muvaffaq boʻladi. Bolalar uchun Markazni yaqindan tanishtirish maqsadida kitob chop etishni ham rejalaganmiz. Ular rangli koʻrinishda va tarqatish uchun qulay shaklda boʻladi. Bu yerda viloyatlardan, chekka hududlardan bolalar kelolmasligini inobatga olib, bolalar maydonchasini viloyatlardagi bolalar uchun koʻchma namoyishlarini ham oʻtkazishni koʻzda tutganmiz”, – dedi Salim Ahmad.

Uchrashuv yakunida “Markaziy Osiyo va Yevrolpa Ittifoqi” Samarqand sammiti sarhisobit: natijalar, rejalar  va istiqbol” nomida oʻtgan anjumanni OAVda yoritish boʻyicha grant loyihalari toʻgʻrisida Markaz direktori oʻrinbosari Rajab Rajabov taqdimot qildi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14826
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12220
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9948
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar