Sharq islom dunyosi Shavkat Mirziyoyev tufayli butun dunyoga goʻzal qiyofada tanitilishga tayyor boʻlyapti – Lamine Tamssaout
Lamine Tamssaout, Fransiya Milliy kutubxona kulyozmalar bulimi tadqiqotchisi
– Men uzoq yillardan beri Oʻzbekistonni, aniqrogʻi, islom dunyosining markazini koʻrishni orzu qilib kelganman.
Chunki islomning markazi yoki sivilizatsiya markazi deyilganda darrov Oʻzbekiston koʻz oldimizga keladi. Toshkent boʻlsin, Samarqand boʻlsin – tarixni asrab kelayotgan oʻsha joylar, oʻsha tarixni yashirib kelgan buyuk sivilizatsiyasi bugun markazning sharofati bilan asta-sekin yuzaga chiqmoqda.
Ilgari biroz notoʻgʻri tasavvur bilan tanilgan Sharq islom dunyosi bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev asos solgan ushbu goʻzal markaz tufayli butun dunyoga goʻzal qiyofada tanitilishga tayyor boʻlyapti. Bu ayniqsa, sanʼat, fan, ilm va butun dunyo ahli uchrashib, muloqot qiladigan maskan, deb oʻylayman.
Kiraverishdan tortib kutubxonagacha markazning har bir qismi meni qiziqtirdi. Meʼmorchiligi ham, binosi ham. Men, masalan, eski adabiyot miniatyuralarini oʻrganaman. Ichkariga kirganimda oʻzimni goʻyo oʻsha miniatyuralar ichiga kirib qolgandek his qildim.
Kutubxona esa ayniqsa menga yoqdi. Chunki u nafaqat kutubxona, balki yoshlar ham u yerda yaxshi va mazmunli vaqt oʻtkazishlari mumkin boʻlgan joy. Chunki u faqat kitoblar bilan taʼminlanib qolmasdan, balki bugungi texnologiyalar asosida qurilgan va jihozlangan. Bunga juda hayron qoldim va sizlar buning uddasidan chiqishingizga ishongandim, albatta.
Yana men qoʻlyozma asarlarni oʻrganaman. Faqat ikki kun kelganim uchun ularni koʻrish imkonim boʻlmadi. Ammo ularni chin dildan koʻrishni juda istardim. Albatta, qoʻlyozmalar boʻlimi tashkil etilgandan keyin yana bu yerga kelamiz.Birgalikda yanada chiroyli loyihalar, yanada yaxshi hamkorliklarni amalga oshirishimizga ishonamiz.








