Ozarbayjon madaniyat vaziri Oʻzbekistondagi eng yaxshi namunani eʼtirof etdi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros – umumiy kelajak" xalqaro kongressi juda koʻtarinki ruhda oʻtmoqda.
Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Karimli qayd etganidek, tashkil etilgan mazkur kongress Markaziy Osiyo va Ozarbayjon olimlari, ziyolilari, maʼrifatparvarlarini bir maydonda jamlab, umumiy madaniy aloqalarimizni oʻrganish, tahlil qilish, tadqiq etish va targʻib qilishda birgalikda ishlash imkonini beradi.
Adil Karimli, Ozarbayjon madaniyat vaziri:
Oʻzbekistonda bunyod etilgan Islom sivilizatsiyalari markazi nafaqat mintaqamiz, balki butun islom olami uchun, qolaversa, butun dunyo uchun ham juda muhim boʻlgan markazdir. Markazning meʼmorchiligi, uning tashqi koʻrinishi va mazmuni barcha ishtirokchilarni oʻziga rom etdi.
Oʻylaymizki, jahon uchun alohida ahamiyat kasb etadigan ushbu markaz kelgusida madaniyat, ilm-fan, taʼlim maskani sifatida faoliyat yuritadi. U juda boy mazmunga ega, koʻplab eksponatlarga boy. Bizning bu yerda toʻplangan hamda islom sivilizatsiyalarining barcha mintaqalaridan, jumladan, Markaziy Osiyo va Ozarbayjondan keltirilgan tarixiy faktlar, artefaktlar, qoʻlyozmalar – bularning barchasi kelgusida markazning ilm-fan, taʼlim va tadris sohasida faoliyat yuritishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi.
Oʻylab koʻringki, bu imkoniyatlardan nafaqat Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mamlakatlarida yashayotgan xalqlar, tadqiqotchilar, balki butun dunyodagi ulamolar, olimlar, yoshiga qaramay, barcha insonlar foydalanadi. Shu fursatdan foydalanib, avvalo muhtaram Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyev boshchiligida barcha oʻzbekistonlik birodarlarimizni tabriklamoqchimiz. Bu asar haqiqatan ham buyuk bir yaratuvchilik namunasidir, asrlar davomida yashaydi, oʻz meʼmorchiligi va mazmuni bilan dunyo ahlini lol qoldiradi. Bugun uni dunyodagi eng yirik intellektual markazlardan biri sifatida baholash mumkin va bu har birimiz uchun gʻururdir, birodarlarimizning muvaffaqiyatidan biz xursandmiz.
Bu markaz barcha mamlakatlarimiz, ayniqsa ulamolarimiz, tadqiqot markazlarimiz, yoshlarimiz uchun umumiy madaniy merosimizni oʻrganish, tahlil qilish, tadqiq etish va uni dunyoga targʻib qilish borasida juda foydali boʻladi.
Janob Prezident Shavkat Mirziyoyevning kongress ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigida taʼkidlanganidek, ushbu markaz islom sivilizatsiyasining ilm-fan, maʼrifat va madaniyatga tayanadigan falsafiy qarashlarini namoyon etuvchi eng yaxshi namunasi hisoblanadi.
Albatta, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlari oʻrtasidagi madaniy hamkorlik soʻnggi davrlarda juda dinamik rivojlanmoqda. Bu, avvalo, mamlakat rahbarlari, davlat boshliqlari tomonidan yaratilgan samimiy muhit, doʻstlik va birodarlik munosabatlari asosida shakllandi. Barcha yoʻnalishlarda, ayniqsa madaniyat, ilm-fan, taʼlim sohalarida bu hamkorlik kun sayin rivojlanmoqda.Bugungi kongress ham bizga umumiy madaniy aloqalarimizni oʻrganish, tahlil qilish, tadqiq etish va targʻib qilishda birgalikda ishlash imkonini beradi. Markaziy Osiyo va Ozarbayjon olimlari, ziyolilari, maʼrifatparvarlari bir maydonda jamlanib, bu imkoniyatdan samarali foydalanadilar. Bu kongress umumiy madaniy aloqalarimizni mustahkamlash, umumiy tariximizni targʻib etish, ildizlarimizni tadqiq etib dunyoga tanitish, xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlash, ayniqsa madaniy aloqalarimizni rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros – umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro kongress oʻtkazilmoqda.




