Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Tojikiston madaniyat vaziri Markaziy Osiyo maʼrifat tarixiga eʼtibor qaratdi

15.11.2025, 13:302312



 

Joriy yilning 13 noyabridan boshlab poytaxtimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan, Markaziy Osiyo va Ozarbayjonning 350 ga yaqin olimu ziyolilari, maʼrifatparvarlarini birlashtirgan “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros – umumiy kelajak" xalqaro kongressida  Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Matlubaxon Amonzoda Sattoriyon madaniyat va maʼrifat milliy oʻzlikning yadrosi va tinchlik garovi, deya eʼtirof etdi.

Matlubaxon Amonzoda Sattoriyon, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri:

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi arafasida oʻtkazilyotgan bu xalqaro kongressda beqiyos tashkiliy ishlar va mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Xalqlarimizni nafaqat umumiy geografiya, balki ming yillik madaniy aloqalar, doʻstona munosabatlar va bunyodkor hamkorliklar bogʻlab keladi. Markaziy Osiyo xalqlarining maʼnaviy merosi oddiygina qadimiy yodgorliklar, qoʻlyozmalar yoki sanʼat asarlari majmuasi emas. Bu – tarixning tirik nafasi, bizning oʻzligimiz asosi va ajdodlarimizga zamon sinovlaridan oʻtishga kuch bergan maʼnaviy qudratdir. Markaziy Osiyo qadimgi sivilizatsiyalarning muhim markazi sifatida Buyuk Ipak yoʻli orqali nafaqat savdo, balki Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi madaniy koʻprik vazifasini bajargan. Bu yerda insonparvarlik, ilm-fan, bagʻrikenglik va oʻzaro taʼsirning buyuk gʻoyalari shakllangan.

Markaziy Osiyo tarixi – bu maʼrifat tarixi. Mamlakatingiz bir vaqtlar universitetlar, madrasalar, kutubxonalar markazi boʻlgan, ilmiy maktablar va ilmiy qarashlar shu yerda shakllangan. Abdurahmon Rudakiy, Abu Abdulloh Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abay Qunanboy, Maxtumquli, Togʻay Moldo, Ahmad Donish kabi allomalar nomi butun bir maʼnaviy-maʼrifiy davrni ifodalaydi. Bu buyuk zotlar nafaqat xalqlarimizning, balki butun jahon sivilizatsiyasining faxridir. Madaniyat va maʼrifat milliy oʻzlikning yadrosi va tinchlik garovidir. Globallashuv sharoitida davlatlar oʻrtasidagi chegaralar tobora ochilib borayotgan bir paytda, aynan madaniyat va maʼnaviy mustaqillikni saqlashga yordam beradi, yosh avlodga oʻz tarixidan faxrlanish tuygʻusini yetkazadi. Bu markaz esa — madaniyat va ilm barqaror kelajakning asosi boʻladigan maskan boʻlishi kerak. Bugungi kunda davlatlarimiz faoliyatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri mintaqa mamlakatlari va madaniyat sohalari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdir. Madaniyatning yaqinligi va umumiy anʼanalarimiz bizga noyob imkoniyatlar yaratadi – sanʼat, kino, muzey ishi va nomoddiy madaniy merosni asrash boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. Bugungi kongress ham ana shu maqsadlarning amaliy ifodasidir, deyish mumkin.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14851
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12246
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9969
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8004
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar