Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Gulbahor Yengibayeva, Lebap viloyati Tarix va oʻlkani oʻrganish muzeyi direktori (Turkmaniston)

17.11.2025, 11:241507






Gulbahor Yengibayeva, Lebap viloyati Tarix va oʻlkani oʻrganish muzeyi direktori (Turkmaniston) 

Muhtaram Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yaratilgan  Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi – bu buyuk loyiha. “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros va umumiy kelajak” xalqaro kongressida qatnashib, bu bino bilan yaqindan tanishdik. Obʼekt juda qiziqarli. Qadimiy ansamblni eslatadigan meʼmoriy yondashuvi diqqatimizni tortdi.


Ichkariga kirganimizda esa muzey, undagi ekspozitsiyalar bilan tanishib, his qilgan tuygʻularni soʻz bilan ifoda etish qiyin. Muzey juda boy, ilmiy-maʼrifiy jihatdan yuksak darajada tashkil etilgan.


Koʻrinib turibdiki, bu yerda koʻplab olimlar, akademiklar, muzey xodimlari, rassomlar, dizaynerlar ulkan mehnat qilgan. 


Biz Oʻzbekiston tarixining har bir boʻlimini, har bir davrini oʻrgandik. Bu — butun bir davr, butun bir tarixiy jarayon.

Muzeylar haqida gapirganda, shunga amin boʻlamizki, muzeylar milliy qadriyatlarning oʻchogʻi va saqlovchisidir. Shu bilan birga, ular kelajakka bogʻlovchi nurli koʻprik hamdir. Bugun biz buni amalda koʻrdik.


Ajoyib jihati – u zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Muzeyda juda koʻp interaktiv texnologiyalar, videoroliklar mavjud. Bu esa kelajak avlodga tarbiya berib, ularda tarixga qiziqish va muhabbat uygʻotadi.

Bugungi Kongress aynan shu markazda oʻtayotgani uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondan kelgan barcha delegatlar ishtirok etmoqda. Har birimiz aytamiz: bizning tariximiz bir, madaniyatimiz bir, hatto tillarimiz ham oʻxshash. Shuningdek, biz kelajagimiz erkin, tinch, birdam va ezgu boʻlishini tilaymiz.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14851
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12246
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9969
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8004
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar