Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Oʻzbekiston Prezidentining tabrigi ozarbayjonlik muzey xodimini toʻlqinlantirdi

17.11.2025, 18:321429






Toshkentda boʻlib oʻtgan xalqaro kongressda ishtirok etgan Ozarbayjonning «Icheri-Shexer» muzey markazi direktori Azada Guseynova Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifini yuqori baholadi. Uning fikriga koʻra, anʼanaviy sanʼat va zamonaviy raqamli yechimlar uygʻunligi nafaqat madaniy merosni boyitadi, balki Markaziy Osiyo va Ozarbayjon hamkorligidagi kelajak avlod uchun ham ilhom manbai boʻladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va kongressdagi tabrigi bu markazning ahamiyatini yanada oshirdi.

Alohida taʼkidlab oʻtmoqchimanki, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik soʻzi barchamiz uchun juda yoqimli boʻldi. Ushbu tabrik Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlari vakillarini birlashtirgan “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros — umumiy kelajak” xalqaro kongressi ishtirokchilariga yoʻllangan boʻlib, davlat rahbariyatining kongressga boʻlgan eʼtibori va qoʻllab-quvvatlovini yaqqol namoyon etdi.

Shu bilan birga, men Prezidentning Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etishdagi shaxsiy ishtirokiga ham alohida eʼtibor qaratmoqchiman. Muzey xodimi sifatida ushbu markazdagi ekspozitsiya meni chuqur hayratda qoldirdi. Anʼanaviy va zamonaviy raqamli yechimlar uygʻunligi, sanʼatning noanʼanaviy yondashuvlari alohida taassurot qoldirdi.

Ekskursiya davomida hurmatli akademik, sanʼashunos olima Kamola Akilova Prezidentning “Bu yerda yaratilayotgan barcha narsalar asrlar davomida saqlanishi kerak, eng avvalo yoshlar uchun xizmat qilishi lozim” degan koʻrsatmalarini taʼkidladi. Shu nuqtai nazardan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuksak hurmat va chuqur minnatdorlik bildiraman.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14851
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12245
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9968
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8003
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar