Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkentda islom merosi va zamonaviy ilm markazi birlashdi

19.11.2025, 10:011750



 

Toshkentda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tarixiy va maʼnaviy merosni zamonaviy ilmiy muhitda saqlash va rivojlantirish maqsadida xalqaro kongressga mezbonlik qildi. Kongress doirasida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Oʻzbekistondan diniy, ilmiy va maʼrifiy muassasalar vakillari ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlik va Islom qadriyatlarini asrab-avaylash masalalarini keng muhokama qildi.


Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros – umumiy kelajak” xalqaro kongressi doirasida islom qadriyatlarini muhofaza qilish va ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan shoʻʼba yigʻilishi tashkil etildi. Unda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Oʻzbekistondan diniy idoralar, ilm-fan va maʼrifat muassasalari vakillari qatnashdi.

Kongress doirasida tashkil etilgan shoʻʼba yigʻilishi mintaqa xalqlarini birlashtirib turgan umumiy maʼnaviy va diniy merosning ahamiyati haqida keng muhokama maydonini yaratdi.

Oʻsh davlat universiteti Teologiya fakulteti dekani Zaylabidin Ajimamatov Islom sivilizatsiyasi markazini Markaziy Osiyodagi eng muhim ilmiy-maʼrifiy maskanlardan biri sifatida taʼkidlab, quyidagi fikrni bildirdi:

“Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi asrlar davomida shakllangan maʼrifiy merosni zamonaviy asosda qayta jonlantirmoqda. Bu yerdagi qoʻlyozmalar, ekspozitsiyalar va ilmiy muhit mintaqaviy tadqiqotlar uchun beqiyos asos yaratadi”.

Uning bu fikrlari kongress ishtirokchilari tomonidan ham qoʻllab-quvvatlandi. Xususan, markazning zamonaviy infratuzilmasi, raqamli texnologiyalardan foydalangan ekspozitsiyalari va ilmiy maʼlumotlarni ochiq muhitda taqdim etish usuli alohida eʼtirof etildi.

Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi masʼul xodimi Nurlan Qayrbekov ham kongress haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi:

“Toshkentdagi kongress doirasidagi tadbirlar ilm ahli uchun katta maydon. Ulamolar va professorlar bilan ochiq muloqot qilish biz uchun ulkan tajriba boʻldi”.

Shuningdek, u Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom maʼrifati va madaniyatini rivojlantirish borasidagi tashabbuslarini alohida qayd etdi:

“Bu kabi markazning barpo etilishi — Prezidentning diniy-maʼrifiy sohada amaliy qadamlar qoʻyayotganining yorqin dalili. Bu xalq uchun juda katta xizmat”.

Tadbir davomida islom qadriyatlarini asrab-avaylash, yosh avlodni maʼnaviy tarbiyalash, tarixiy merosni saqlashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Ishtirokchilar Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom universiteti va Hazrati Imom majmuasiga amaliy tashrif buyurib, markazlashgan ilmiy muhit bilan tanishdilar.

Kongress ishtirokchilari tadbirning ahamiyatini yuqori baholab, islom qadriyatlarini muhofaza qilish, maʼrifiy qadriyatlarni targʻib etish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasida bu platformaning ulkan oʻrni borligini taʼkidladilar.


Tadbir kelgusida qoʻshma ilmiy loyihalar, doimiy muloqot va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi maʼrifiy integratsiyani yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14850
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12243
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9968
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8002
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar