Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Fransiya generali Islom sivilizatsiyasi markaziga yuqori baho berdi

19.11.2025, 16:271712
Fransiya generali Islom sivilizatsiyasi markaziga yuqori baho berdi

Fransiya Qurolli kuchlari vazirligi generali Emerik Vinenje boshchiligidagi delegatsiya Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib,  uning faoliyati, ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari, ekspozitsiyalari va Oʻzbekistonning boy ilmiy-maʼnaviy merosi bilan yaqindan tanishdi. Noyob ekspozitsiyalar va zamonaviy interaktiv texnologiyalar mehmonlarda ulkan taassurot qoldirdi.

Tashrif davomida mehmonlarga markazning asosiy ekspozitsiyalari — Qurʼoni Karim zali, islomdan oldingi davr tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlariga bagʻishlangan boʻlimlar, shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston — Yangi Renessans poydevori” ekspozitsiyasi haqida atroflicha maʼlumot berildi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida yaratilgan interaktiv koʻrgazmalar, multimediali installyatsiyalar va tarixiy jarayonlarni vizual namoyish etish usullari delegatsiya aʼzolarida katta qiziqish uygʻotdi.

General Emerik Vinenje tashrifdan olgan taassuroti bilan oʻrtoqlashar ekan, quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Loyihaning koʻlami va uning ilm-fan asosida tashkil etilgani menda ulkan taassurot qoldirdi. Markazdagi har bir ekspozitsiya Uygʻonish davrlarini chuqur yoritib, Oʻzbekistonning tarixiy taraqqiyot yoʻlini jonli aks ettirmoqda. Tarixiy eksponatlarning boyligi va noyob artefaktlarning bir maskanda toʻplangani — katta mehnat va yuksak masʼuliyat mahsuli ekanini koʻrsatadi”

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari markaz meʼmorchiligi, ekspozitsiyalarning zamonaviy muzey standartlari asosida joylashtirilgani, multimediali texnologiyalarning samarali qoʻllanilishi va tadqiqot ishlarining yuqori darajada tashkil etilganini yuqori baholadilar.

Uchrashuv yakunida Fransiya delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazini Markaziy Osiyodagi muhim ilmiy-maʼrifiy xab sifatida eʼtirof etib, kelgusida madaniy-gumanitar hamkorlik, ilmiy almashinuv va qoʻshma loyihalar yuzasidan oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlash istagini bildirdi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14849
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12243
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9967
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8002
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar