Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Yagona oʻtmish, umumiy kelajak: Toshkentdagi tarixiy forum mintaqa uchun yangi yoʻl ochdi

20.11.2025, 12:391885



 


Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy merosi: yagona oʻtmish – umumiy kelajak” mavzusida Markaziy Osiyo davlatlari tarixchilari II forumi oʻtkazildi. Tadbir “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros – umumiy kelajak” xalqaro kongressi doirasida tashkil etildi.

Bu yilgi forum Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida tarixiy tahlil, ilmiy hamkorlik va umumiy konseptual yoʻnalishlarni belgilash borasida yangi bosqichni boshlab berdi. Anjumanda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjonning fanlar akademiyalari, tarix institutlari vakillari va yetakchi olimlari qatnashdi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov moderatorligida tashkil etilgan yalpi yigʻilishda Ozarbayjon Milliy FA prezidenti Isa Gabibbeyli, Qirgʻiziston Milliy FA prezidenti Kanatbek Abdraxmatov, Tojikiston FA vitse-prezidenti Muhammaddovud Qayum Salomiyon, Qozogʻiston va Turkmanistondan kelgan delegatlar nutq soʻzlab, Markaziy Osiyo xalqlarining umumiy ildizlari va tarixiy merosini birlashtiruvchi omillar haqida toʻxtalib oʻtdilar. 

Qozogʻiston Milliy FAning akademigi Ayagan Burkitbay bu forumni mintaqadagi ilmiy hamkorlikning tarixiy voqeasi sifatida baholadi: 

“Bu kabi keng qamrovli turkiy xalqlar yoki Markaziy Osiyo davlatlari forumi oʻtkazilmagan. Bugun esa bizning xalqlar umumiy muammolarni birgalikda muhokama qila olayotgani katta yutuqdir,” — dedi olim. 

Forum doirasida qoʻshma rezolyutsiyalar, ilmiy, madaniy va gumanitar hamkorlikning institutsional asoslarini kuchaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Forum yalpi majlis va ikki shoʻʼba yigʻilishidan iborat boʻldi. Birinchi shoʻʼba — “Markaziy Osiyo moddiy madaniyati va maʼnaviy merosi” — arxeologiya, meʼmoriy yodgorliklar, islom davri madaniyati va xalqlarni birlashtiruvchi ilmiy anʼanalarga bagʻishlandi. Ikkinchi shoʻʼba — “Markaziy Osiyo tarixi: oʻtmishdan zamonaviylik sari” — Ipak yoʻli sivilizatsiya roli, jadidchilik harakati, tarixiy manbalarni oʻrganish va fan-taʼlim integratsiyasi kabi yoʻnalishlarda munozaralar oʻtkazildi. 

Tarix fanlari doktori, professor Farhod Maqsudov tarixchilar forumi Markaziy Osiyoning umumiy sivilizatsiya jarayoni ekanini taʼkidlar ekan, shunday dedi:

 “Forum mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va umumiy tarixni yangi ilmiy yondashuvlar asosida oʻrganish imkonini yaratmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning bu boradagi fikrlari ham shuni tasdiqlaydi — xalqlarimiz umumiy tarix va madaniyatga ega, undan kelib chiqib integratsiyani kuchaytirishimiz zarur.”


Forum doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Qozogʻiston Respublikasi Milliy markazi muzeyi oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Shuningdek, qoʻshma tadqiqotlar, arxeologik ekspeditsiyalar, tarixiy manbalarni raqamlashtirish boʻyicha yangi tashabbuslar belgilandi. Markaziy Osiyo davlatlari tarixchilari II forumi mintaqaning ilmiy salohiyati, madaniy yaqinligi va umumiy tarixiy jarayonlari yana bir bor barqaror hamkorlikka asos boʻlishini namoyon etdi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14848
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12242
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9966
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8002
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar