Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi prezidenti: “Toshkentdagi kongress – Markaziy Osiyo hamjihatligida yangi sahifa”

20.11.2025, 17:052519

Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi prezidenti, akademik Isa Apker oʻgʻli Gabibbeyli Toshkentda oʻtkazilgan “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros – umumiy kelajak” xalqaro kongressini Markaziy Osiyo xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi muhim tarixiy voqea sifatida baholadi.

Akademik oʻz bayonotida kongressning ahamiyatini quyidagicha taʼkidladi:

Ushbu xalqaro kongress XXI asrning yangi tarixiy bosqichida xalqlarimiz va davlatlarimiz oʻrtasidagi integratsiyani yanada kengaytiradi. Asosiy mavzular — madaniy meros va maʼrifatparvarlik — qadimdan xalqlarni birlashtirgan, yaqinlashtirgan va oʻzaro anglashuvga yoʻl ochgan ulkan qadriyatlardir.

Gabibbeyliga koʻra, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon xalqlarining boy madaniy-tarixiy merosini, maʼrifatparvarlik anʼanalarini kongress doirasida alohida muhokama qilinishi kelgusi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab bermoqda.

U Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va gʻoyasi asosida barpo etilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini ham yuqori baholadi:

Bu Markaz — zamonaviy meʼmorchilik va Sharq anʼanalarining uygʻun namunasi, haqiqiy meʼmoriy durdona. U Oʻzbekistonning rivojlanish salohiyati va madaniy-maʼrifiy yuksalishini yaqqol namoyon etadi. Bu yerda koʻrganlarimiz tarix uchun qoʻyilgan mustahkam poydevor, kelajakning boshlangʻich nuqtasi hisoblanadi.

Akademik fikriga koʻra, kongress Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon oʻrtasidagi birlik, hamjihatlik va doʻstlikni mustahkamlab, yangi taraqqiyot bosqichlarini belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14848
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12242
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9966
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8002
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar