Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Boshqirdiston delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazida: “Bu markaz tarixni jonlantirgan ulkan maʼnaviy maktab”

22.11.2025, 10:442474
Boshqirdiston delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazida: “Bu markaz tarixni jonlantirgan ulkan maʼnaviy maktab”

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo tarixini zamonaviy, ilmiy yondashuv bilan uygʻunlashtirgan holda jahon hamjamiyatiga taqdim etayotgan noyob maskan sifatida kun sayin eʼtibor qozonmoqda. Ushbu muhim ilmiy-maʼrifiy markazga Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasidan yuqori martabali hukumat delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari  markazning ilmiy konsepsiyasi, ekspozitsiyalar tuzilishi va raqamli yondashuvlar bilan tanishdilar.

Boshqirdiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, sanoat, energetika va innovatsiyalar vaziri Aleksandr Sheldyayev:

“Har safar Oʻzbekistonga kelganimizda, Rossiya Federatsiyasi - Boshqirdiston Respublikasidan katta delegatsiya bilan tashrif buyuramiz. Bu gal Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi Markazini koʻrib, yana bir bor hayratda qoldik. Markazning miqyosi, koʻlami, mazmuni - bularning barchasi Oʻzbekistonning qanday ulkan ishlar qilayotganidan dalolat beradi.

Bu markaz — Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va gʻoyasi asosida barpo etilgan ulkan loyiha. Bizningcha, aynan shunday markazlar boʻlishi kerak: kelajak avlodlar kelib, Islomning qanday shakllangani, qanday buyuk allomalar yetishib chiqqani va tarix qanday rivojlangani haqida chuqur maʼlumot oladi.

Men buni ochiq ayta olaman, bu markaz biz koʻrgan islom markazlari ichida butun jahonda eng yaxshilaridan biridir. Shuning uchun Shavkat Miromonovichga shunday benazir ilm-maʼrifat maskanini yaratgani uchun chuqur minnatdorchilik bildirmoqchiman”. 

Tashrif davomida delegatsiya avvalo Qurʼon zalini koʻzdan kechirdi. Ular rang, yorugʻlik va ilmiy izohlar uygʻunligi bilan tashkil etilgan ushbu zalda Islomning maʼnaviy merosi qay darajada yuksak hurmat bilan namoyish etilganini alohida qayd etdilar.

Boshqirdiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar va kongress faoliyati vaziri Margarita Bolicheva:

“Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va gʻoyasi asosida barpo etilgan bu markaz tarixga shoʻngʻish, nafaqat Oʻzbekiston, nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo tarixini oʻrganish uchun muhim va ajralmas madaniy-tarixiy markaz hisoblanadi. Bu yerda dunyodagi eng katta Qurʼonlardan biri, asl tangalar, tarixiy obʼektlar va juda chuqur tarixiy ahamiyatga ega narsalar jamlangan, ular orqali dunyo tarixini qadam-baqadam qayta tiklash mumkin. Mazkur muzeyning noyob raqamli va interaktiv qismi ushbu ulkan tarixiy maʼlumotlarni oson, qiziqarli va tushunarli tarzda qabul qilish imkonini beradi, shuningdek, har doim qaytib kelib, har bir eksponatni batafsil oʻrganishga undaydi. Bu yerda dunyoning boshqa hech bir burchagida topib boʻlmaydigan noyob narsalar mavjud. Shuningdek, bu yerda dunyoning koʻplab xalqaro muzeylarida, jumladan Ermitajda saqlanayotgan nusxalar ham jamlangan. Yaʼni noyob tarixiy eksponatlarni koʻrish uchun butun dunyo boʻylab sayohat qilish shart emas, Islom sivilizatsiyasi markaziga kelib, bularni asl hajmida koʻrish mumkin”. 

Boshqirdiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi Savdo missiyasidagi vakili Albert Shayxutdinov esa tashrif yakunida Oʻzbekiston va Bashqirdiston oʻrtasida ilmiy-madaniy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Islom merosi tadqiqoti, madaniy almashinuv va koʻrgazma loyihalarida birgalikda ishlash boʻyicha qiziqish bildirganini aytdi.

Boshqirdiston delegatsiyasining taassurotlari shuni anglatadiki, Markaz nafaqat tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldiradi, balki xalqlar oʻrtasidagi tarixiy yaqinlik, madaniy merosga boʻlgan hurmat va ilmiy hamkorlikni yanada chuqurlashtiradigan kuchli maʼnaviy maydon yaratmoqda.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5
carousel image 6

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14820
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7973
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar