Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazi BAA delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi

22.11.2025, 14:472412
Islom sivilizatsiyasi markazi BAA delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi


Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi oʻzining ilmiy-maʼrifiy salohiyati, zamonaviy texnologiyalar bilan uygʻunlashtirilgan ekspozitsiyalari bilan dunyoning koʻplab nufuzli delegatsiyalarini oʻziga jalb etishda davom etmoqda.


Markazga Birlashgan Arab Amirliklarining yirik energetika kompaniyasi — “AMEA Power” boshqaruvi raisi Husseyn al Novays boshchiligidagi yuqori darajadagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar Markazning arxitekturasi, noyob eksponatlari hamda sunʼiy intellekt asosida tayyorlangan interaktiv koʻrgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. 


Delegatsiya aʼzolarida ayniqsa Markazning sunʼiy intellekt, 3D animatsiyalar, immersiv koʻrgazmalar va raqamli arxiv tizimlari asosida yaratilgan boʻlimlari katta taassurot qoldirdi.


Markaz boʻylab ekskursiya chogʻida Husseyn al Novays oʻz taassurotlarini chuqur hayajon va yuksak baho bilan ifoda etdi:

“Men bu ulugʻvor inshootdan chinakamiga hayratda qoldim. Bu yerda tarix oddiy tarzda namoyish etilmaydi — u jonlanadi. Markazda yaratilgan muhit insonni ming yilliklar qaʼriga qaytaradi. Ushbu ilmiy-maʼrifiy loyihani hayotga tatbiq etgan barcha mutaxassislarga chuqur hurmat va tahsin bildiraman — bu ulkan mehnat samarasi. 


Bugun men ilk bor shuni angladimki, men yaxshi bilgan, asarlarini oʻqigan koʻplab ilm va falsafa namoyandalari aslida Oʻzbekistondan yetishib chiqqan. Bu men uchun kutilmagan kashfiyot boʻldi. 


Men Oʻzbekiston Prezidentini ushbu ulkan tashabbus uchun chin dildan tabriklayman. Markaz — nafaqat Oʻzbekistonning, balki butun mintaqaning ilmiy-maʼrifiy boyligidir. Bu yerda amalga oshirilgan ishlar Oʻzbekistonning qanday yuksak rivojlanish bosqichiga chiqqanini yaqqol koʻrsatadi,” deya taʼkidladi Husseyn al Novays.


Ushbu yuksak baholar Markazning xalqaro ahamiyati, ilmiy-potensiali va madaniy diplomatiyadagi rolini yana bir bor namoyon etdi.


Markaz jahonning turli davlatlaridan kelayotgan mutaxassislar, diplomatlar va ilmiy doiralar vakillari uchun islom va oʻzbek sivilizatsiyasining noyob merosini zamonaviy yondashuvda oʻrganish imkonini berayotgan eng muhim maskanlardan biri boʻlib bormoqda.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14820
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7973
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar