Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Madaniy-ilmiy hamkorlikning yangi yoʻnalishlari: Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va IRSIKA rahbarlari muloqoti

25.11.2025, 11:482093

24 noyabr kuni Istanbul shahrida Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi Markazi direktori, WOSCU Butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduholiqov Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi xalqaro tadqiqot muassasasi — IRSIKAning bosh direktori Mahmud Erol Qilich bilan ishchi uchrashuv oʻtkazdi.

IRSIKA — 57 davlatni birlashtirgan Islom hamkorlik tashkilotining xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hisoblanadi.

Uchrashuv davomida tomonlar IRSIKA va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi oʻrtasidagi samarali va koʻp yillik hamkorlikni mamnuniyat bilan qayd etib, uning ilm-fan va madaniyat sohasidagi oʻzaro aloqalarni mustahkamlashdagi muhim ahamiyatini taʼkidladilar.

Shuningdek, uchrashuv doirasida Oʻzbekiston tarixida yashab oʻtgan buyuk islom ulamolariga bagʻishlangan koʻp jildlik Ensiklopediya yaratish boʻyicha IRSIKA tomonidan berilgan yirik  loyihani amalga oshirishga kelishib olindi. 

Yaqin vaqtlarda mazkur loyiha uchun Toshkentda mualliflarni tanlash, ilmiy kengashni shakllantirish va ushbu keng qamrovli nashr ustida ishlash konsepsiyasi yuzasidan birinchi qoʻshma yigʻilish oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, IRSIKA Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, madaniy-maʼrifiy tashabbuslar hamda soʻnggi yillarda IRSIKA va Oʻzbekiston hamkorligida bajarilgan  loyihalarga bagʻishlangan maxsus kitob-albom nashrini tayyorlash tashabbusi bilan chiqdi.

Uchrashuv yakunida Firdavs Abduholiqov Mahmud Erol Qilichni 2026 yil mart oyida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining tantanali ochilish marosimiga taklif etdi.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14847
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12242
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9965
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8001
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar