Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazi yoshlarga yangi dunyo ochmoqda

26.11.2025, 09:551665
Islom sivilizatsiyasi markazi yoshlarga yangi dunyo ochmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mamlakatimizdagi eng muhim ilmiy-maʼrifiy maskanlardan biri sifatida yosh tadqiqotchilar va olimlar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Markaz kelgusida doimiy maʼnaviyat maktabiga aylanishi kutilmoqda.

Bugungi kunda mazkur majmua oʻzbek xalqining ming yillik tarixiy-madaniy merosini jamlagan, islom ilm-fani, qadriyatlari va ilmiy taraqqiyot bosqichlarini zamonaviy texnologiyalar asosida namoyish etuvchi noyob ilmiy-madaniy markaz sifatida eʼtirof etilmoqda.

Bugun Markaz muzeyi ekspozitsiyalari boʻylab Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi magistrantlari uchun oʻquv-ekskursiya tashkil etildi.

Talabalar Markazning “Islomdan avvalgi davr”, “Birinchi Renessans”, “Ikkinchi Renessans” va “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans poydevori” boʻlimlarida taqdim etilgan ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

Ekskursiya davomida tarix fanlari doktori, professor Davronbek Maqsudov Markazning tarixiy va maʼnaviy ahamiyati haqida yosh tadqiqotchilarga toʻxtalar ekan, shunday dedi:

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi bugunga kelib tarixiy-maʼrifiy majmuaga aylandi. Hazrati Imom majmuasi joylashgan qadimiy hududda barpo etilgan bu maskan oʻtmishning buyuk qatlamlarini va bugungi maʼnaviy hayotimizning mazmundorligini yaqqol namoyon etadi. Markaz yosh avlodning shakllanishiga taʼsir koʻrsatadigan ulkan maʼrifat oʻchogʻidir. Bu yerda tariximizning ulugʻvorligi, bugungi dinamika va kelajak istiqbollari mujassam”.

Professorning taʼkidlashicha, Markazda namoyish etilgan minglab eksponatlar mamlakatimiz ilmiy, maʼnaviy va madaniy merosining muhim tarkibiy qismini tashkil etib, tariximizning eng yorqin sahifalarini qayta jonlantiradi.

Tadbir yakunida magistrantlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga oid boy maʼlumot va taassurotlarga ega boʻlib, tarixga boʻlgan qiziqishlari yanada oshdi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14847
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12241
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9965
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8000
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar