Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi XVJ ekspertlarini hayratga soldi

26.11.2025, 15:561932

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) delegatsiyasi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, markazning barcha ekspozitsiya zallari, tarixiy artefaktlar, arxeologik topilmalar, qoʻlyozmalar, sunʼiy intellekt asosida yaratilgan interaktiv imkoniyatlar va zamonaviy multimediali installyatsiyalar bilan tanishdi. Delegatsiya aʼzolari Markazning ilmiy konsepsiyasi, ekspozitsiyalar muvozanati va texnologiyalar uygʻunligini yuqori baholadilar.

Tashrif doirasida XVJning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Koba Gvenetadze markaz faoliyati haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurish men uchun katta sharaf. Markaz nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim maʼrifiy maskan ekanini yaqqol namoyon qiladi. Ekspozitsiyalar ilmiy jihatdan puxta ishlangan, zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgani esa tashrifchini tarixiy jarayonlarning bevosita ishtirokchisiga aylantiradi. Markaz Toshkentning yangi madaniy belgisi sifatida alohida ahamiyatga ega boʻlib, xalqaro sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi, — dedi u.

XVJ bosh iqtisodchisi Alexandro Simon ham Markazdagi eksponatlar va multimediali yechimlarni yuksak baholadi.

Dunyodagi koʻplab nufuzli muzeylarda boʻlganman, ammo Islom sivilizatsiyasi markazi ular bilan bemalol raqobat qila oladi. Bu yerdagi ekspozitsiyalar tarixni nafaqat namoyish qiladi, balki toʻlaqonli tajriba ham boʻladi. Qadimiy qoʻlyozmalar, arxeologik topilmalar va ilmiy meros namunalarining mukammal taqdimoti har qanday tashrifchini hayratga soladi. Markaz insonni maʼnan boyitadigan oʻziga xos makon,  — dedi u.

XVJning yana bir bosh iqtisodchisi Etibar Jafarov Markazni «jonli tarix makoni» deb atadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Markazdagi ekspozitsiyalar jonli, tushunarli va har bir qatlamida katta mehnat seziladi. Bu joy nafaqat olimlar, balki yoshlar, sayyohlar va keng jamoatchilik uchun ham juda qiziqarli. Ekspozitsiyalar, interaktiv oʻyinlar, koʻrgazmali materiallar — bularning barchasi Oʻzbekistonning ulkan tarixini yanada ravshanlashtirib beradi. Bu yerdagi har bir eksponat, har bir tasvir — bizning umumiy tarixi­miz va qadriyatlarimizning yorqin ifodasi. Turkiy mamlakatlar va Ozarbayjondan keladigan mehmonlarga albatta bu markazni koʻrishni tavsiya qilaman, — deya taʼkidladi u.

Tashrif yakunida delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markazining madaniy, tarixiy va ilmiy ahamiyatini yuqori baholab, bunday maskanlar mamlakatlar oʻrtasidagi maʼnaviy va madaniy hamkorlikni mustahkamlashda muhim oʻrin tutishini taʼkidladilar.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14847
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12241
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9965
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8000
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar