Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Tojikiston delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va gʻoyasi mahsulidan katta taassurot oldi

27.11.2025, 10:011859

Tojikiston delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi boʻlgan tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan mega loyiha – Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidan katta taassurot oldi. Tarixiy qoʻlyozmalar, qadimiy artefaktlar va ilmiy izlanishlar bilan tanishish jarayonida mehmonlar Oʻzbekistonning boy madaniy merosini asrash va targʻib etishdagi ilgʻor yondashuvini yuqori baholadilar.

 

Mehmonlarning eʼtiroficha, ushbu Markaz bugungi kunda Markaziy Osiyodagi eng yirik ilmiy-maʼrifiy maskanlardan biridir.

Sulton Rahimzoda, Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi:

Islom sivilizatsiyasi markazi Markaziy Osiyoning boy maʼnaviy va ilmiy merosini oʻzida mujassam etgan, juda taʼsirli va mazmunli maskan. Ushbu markaz muhtaram Prezidentingiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgani ham uning tarixiy, maʼrifiy va strategik ahamiyatini yanada oshiradi. Bu yerga kelgan har bir mehmon mintaqamizdagi islom tarixining taraqqiyot yoʻli, Markaziy Osiyo xalqlarining ulkan ilmiy salohiyati va asrlar davomida shakllangan madaniyati haqida mukammal tasavvurga ega boʻladi. Ushbu markazga tashrif har bir inson uchun millat va mintaqa tarixini chuqur anglash, xalqlarimiz bosib oʻtgan taraqqiyot bosqichlarini  bilish hamda olimlarimiz nafaqat oʻz yurtida, balki butun dunyo ilm-faniga qoʻshgan hissasini koʻrish uchun muhim imkoniyatdir.

Tashrif chogʻida Markaz vakillari va mehmonlar ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish va qoʻshma tadbirlar hamda loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashdilar.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14846
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12240
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9964
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8000
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar