Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Oʻzbekistonning tarixiy poydevori oldida dunyo jarayonlari ojiz” — Rossiya deputatining kutilmagan xulosasi

27.11.2025, 12:421867

Jahon yangi sinovlar davriga kirgan bir paytda, Oʻzbekistonning tarixiy poydevori yanada yorqin koʻrinmoqda. Rossiya Davlat dumasi raisi oʻrinbosari Aleksandr Babakovning qayd etishicha, Oʻzbekistonning tarixiy ildizi, qudratli madaniy poydevori shunday barqarorki, bugungi dunyodagi global jarayonlar ham uning mustahkamligi oldida ojiz qoladi.


Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil Ramazon oyida Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishiga tamal toshi qoʻyar ekan, “Bu markazni qurishdan maqsad – islom maʼrifatini oʻrganish, bobolarimizning buyuk merosini xalqimiz va jahon hamjamiyatiga yetkazishdir. Xudo xohlasa, saʼy-harakatlarimiz yoshlar taʼlim-tarbiyasiga, ilm-fanga, madaniyatga, tinchlik-osoyishtalikka zamin yaratadi” deya taʼkidlagan.


Oradan yillar oʻtib, ushbu Markaz haqiqatan ham xalqimizning koʻp asrlik ilmiy-maʼnaviy merosini oʻzida jamlagan, zamonaviy texnologiyalar orqali jonlantirgan va jahon miqyosida eʼtirof topgan nufuzli ilmiy-maʼrifiy markaz sifatida bunyod etildi. Bugungi kunda u nafaqat oʻzbek xalqining faxrli tarixini aks ettiradi, balki turli davlatlardan tashrif buyurayotgan delegatsiyalar uchun maʼrifat, ilm va madaniyat maskaniga aylanmoqda. 

AQSh, Fransiya, Polsha, Nigeriya, Xitoy, Turkiya kabi dunyoning turli burchagidagi mintaqayu davlatlardan Markaz tashrif buyurayotgan delegatsiyalar allaqachon bu natijaning guvohi boʻlib, Prezident Shavkat Mirziyeyovning tashabbusi va gʻoyasi ulkan ekanligini eʼtirof etishmoqda.

Xususan, Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining oʻrinbosari Aleksandr Babakov Markazga tashrifi chogʻida  Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan bu gʻoya nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa uchun beqiyos qadriyat ekanligini qayd etdi.

Aleksandr Babakov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi Markazga tashrif davomida muzeyning asosiy ekspozitsiyalari, islom sivilizatsiyasining turli davrlariga bagʻishlangan boʻlimlari, qadimiy qoʻlyozmalar fondi va zamonaviy multimedia texnologiyalari yordamida yaratilgan ilmiy-maʼrifiy kontent bilan batafsil tanishdilar. 

Aleksandr Babakov Markaz haqida oʻzining taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi: 

Shuni alohida taʼkidlashim kerakki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan bu gʻoya nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa uchun beqiyos qadriyatdir. Bu yerga kirgan odam nafaqat maʼlumot oladi, balki qadimiy sivilizatsiya nafasini his qiladi. Oʻtmishda bu zamin buyuk davlatchilik, mustahkam anʼanalar va ilm-fan markazi boʻlganini chuqur anglaydi. Oʻzbekiston tarixining ildizlari shu qadar yuksak va mustahkam ekanki, bugungi dunyoda sodir boʻlayotgan jarayonlar bu madaniy asoslar oldida ojiz koʻrinadi. U albatta hurmatga, eʼtirofga va keng targʻibotga loyiq.


Ishonchim komilki, bu Markaz yashaydi, rivojlanadi va boshqa xalqlar uchun ham oʻrnak boʻlib xizmat qiladi. Oʻz tarixiga hurmat bilan qarash, uni asrash, anglash va kelajak avlodga munosib tarzda yetkazish — bu yerda chuqur falsafa sifatida mujassam. Oʻzbekiston rahbariyati aynan mana shu poydevorni mustahkamlab, davlatning kelajak taraqqiyot yoʻlini toʻgʻri belgilamoqda. Inson oʻz tarixini anglaganida, kelajakka ishonch bilan qadam tashlaydi. Men Oʻzbekistonga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. 

Rossiya delegatsiyasining ushbu tashrifi Markaz faoliyatiga berilgan yana bir yuksak xalqaro eʼtirof boʻldi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14846
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12240
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9964
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·8000
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar