Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Keksalar uchun turizm oyligi”da faxriy ustozlar uchun tarixiy sayohat tashkil etildi

27.11.2025, 19:262276

Har yili noyabr oyida mamlakatimizda oʻtkaziladigan “Keksalar uchun turizm oyligi”  doirasida IIV Akademiyasining xodimlari va isteʼfodagi faxriy professor-oʻqituvchilari uchun Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat tashkil etildi. Sayohat tarixga hurmat, yoshlarga saboqning amaliy ifodasi boʻldi.

Mehmonlar markazdagi tarixiy ekspozitsiyalar, islomdan avvalgi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga oid ilmiy materiallar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, raqamli qurilmalar yordamida taqdim etilgan ajdodlarimiz merosi, turli davrlar artefaktlari va interaktiv namoyishlar tashrif buyurganlar eʼtiborini tortdi. Tadbir faxriylar va xodimlarning maʼnaviy hordiq olishlariga munosib hissa qoʻshdi. 

Axtam Tursunov, Yuridik fanlar doktori, professor: 

Dunyoning koʻplab muzeylarida va ilm maskanlarida boʻlganman. Biroq bu yerdagi koʻlam, mazmun va texnologik yondashuv oʻzgacha. Binoning tashqi va ichki qiyofasida zamonaviy arxitektura, milliy meros va tarixiy gʻoyalar mukammal uygʻunlashgan. Bunday ulkan va mazmunli markazning yaratilishi Prezidentimizning tarixiy meros va maʼnaviyatga qaratgan eʼtiborining yorqin samarasidir. Ushbu maskan xalqimiz va xorijiy mehmonlar uchun tengsiz maʼnaviy boylik manbai hisoblanadi.

Zumrad Qoʻchqorova, IIV Akademiyasi Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi katta mutaxassisi, kapitan:

Faxriy ustozlarimiz bilan bu maskanga tashrif buyurish biz uchun katta sharaf va unutilmas tajriba boʻldi. Interaktiv texnologiyalar yordamida oʻtmish voqeligini goʻyo oʻz koʻzingiz bilan koʻrgandek boʻldik. Shu bois bu yerga kursantlarimizni ham olib kelishni rejalashtirdik. Markazning tarbiyaviy, maʼrifiy va ilmiy ahamiyati yoshlar uchun juda katta ahamiyatga ega. 

Davlat Yusupov, IIV Akademiyasi faxriylar kengashi raisi, falsafa fanlari nomzodi, isteʼfodagi polkovnik: 

Bugungi kunda shiddat bilan oʻzgarib borayotgan jarayonlarda ayniqsa, yoshlarda radikal kuchlarga, diniy harakatlarga qarshi immunitetni shakllantirish nuqtai nazardan bu markaz juda katta ahamiyatga ega, deb oʻylayman. Shu nuqtai nazardan, Markazning tarbiyaviy ahamiyati beqiyos. Ushbu markazning barpo etilishi Prezidentimizning tarixiy meros, maʼnaviyat va yoshlar taʼlimiga qaratgan eʼtiborining amaliy ifodasidir. Tashrifni tashkil etgan IIV Akademiyasi rahbariyatiga va Markaz jamoasiga minnatdorchilik bildiraman.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14845
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12239
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9964
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7999
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar