Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom hamkorlik tashkilotining Turizm forumida Oʻzbekistondagi mega loyiha haqida maʼlumot berildi

28.11.2025, 10:502213


Toshkentda oʻtayotgan “Ipak yoʻlida turizm” xalqaro yarmarkasi doirasida Islom hamkorlik tashkiloti Turizm forumi boʻlib oʻtib, unda oʻnlab mamlakat vakillari turistik hamkorlik, innovatsiyalar va madaniy merosni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Forumda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va gʻoyasi asosida bunyod etilgan mega loyiha –  Islom sivilizatsiyasi markazi mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berildi. Markaz muzeyi ekspozitsiyalarida sunʼiy intellekt asosida yaratilgan kontentlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.


Forumda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Senegal va qator boshqa mamlakatlardan turizm sohasiga masʼul tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislar ishtirok etdilar. Unda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kotibi Rustam Jabborov maʼruza qilib, markazning xalqaro ahamiyati va soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.

Soʻnggi yillarda markaz faoliyatini takomillashtirish boʻyicha oʻndan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi. Ekspozitsiyalarni yaratishda mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirok etmoqda. Markaz muzeyi zamonaviy talablar asosida jihozlanib, 250 dan ziyod tach-panellar oʻrnatildi. Buyuk ajdodlarimizning siymosi sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida avatarlar orqali jonlantirildi. Olimlarimiz ishlab chiqqan ilmiy loyihalar ekspozitsiyada keng qoʻllanilmoqda, — dedi Rustam Jabborov. 

Tadbir davomida Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga bagʻishlangan videorolik namoyish etildi. Bugun forum ishtirokchilarining Markazga tashrifi rejalashtirilgan.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14845
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12239
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9964
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7999
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar