Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Dmitriy Vixrukov: “Bu ilmiy-maʼrifiy inshoot Oʻzbekistonning katta yutuqlaridan biri”

28.11.2025, 15:302770
Dmitriy Vixrukov: “Bu ilmiy-maʼrifiy inshoot Oʻzbekistonning katta yutuqlaridan biri”

Oʻzbekiston poytaxtida qad rostlagan Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda zamonaviy tafakkur va madaniy yangilanish timsoliga aylanib bormoqda. 

Turli davlatlarning rasmiylari, tadqiqotchilari va ziyolilari uchun bu maskan Oʻzbekiston tarixining yorqin nigohi, ilm-fan va maʼnaviyat uygʻunligining jonli namunasi sifatida qiziqish uygʻotmoqda.

Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi delegatsiyasi ham Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya aʼzolariga Markaz muzeyidagi tarixning turli bosqichlariga bagʻishlangan ekspozitsiyalar, qadimiy va noyob qoʻlyozmalar hamda zamonaviy interaktiv ekspozitsiyalar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Dmitriy Vixrukov, Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vaziri oʻrinbosari:

Agar muzey haqida gapiradigan boʻlsam, eng avvalo, uning koʻlami va nafisligi kishini hayratga soladi. Bu yerda ulkan tarixiy meros zamonaviy texnologiyalar bilan uygʻunlashgan holda oʻta puxta namoyish etilgan. Oʻtmishning buyuk sahifalarini kelajak bilan bogʻlay olgan bunday makon oʻzida katta maʼno va ruhni mujassam etgan. Markaz bizda juda kuchli taassurot qoldirdi. Prezidentingiz rahnamoligida bunday ilmiy-maʼrifiy inshootning yaratilishi — Oʻzbekistonning katta yutuqlaridan biridir. Shubhasiz, bu joy dunyoning turli burchaklaridan keluvchi mehmonlarni hayratga soladi.

Tashrif davomida delegatsiya Markazning maʼrifiy salohiyati, innovatsion ekspozitsiyalari va xalqaro ahamiyatga ega ilmiy platforma sifatidagi imkoniyatlarini yuqori baholab, kelajakda hamkorlikni kengaytirish istagini bildirdilar.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14845
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12239
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9964
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7999
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar