Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Aleksandr Basanskiy: “Islom sivilizatsiyasi markazi — dunyo moʻʼjizalaridan biri”

29.11.2025, 14:172481


Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda nafaqat tarixiy bilimlar maskani, balki zamonaviy tafakkur, madaniy yangilanish va ilmiy izlanishlar uygʻunlashgan noyob makon sifatida xalqaro eʼtiborni qoʻlga kiritmoqda. Markazga tashrif buyuruvchi xorijiy rasmiylar, olimlar va tadqiqotchilar bu yerda namoyish etilgan boy merosning qadimiyligi, ilmiy yondashuvning takomillashgani va ekspozitsiyalardagi zamonaviy muzey texnologiyalarini yuqori baholashmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Magadan viloyati Dumasi raisining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Basanskiy markaz faoliyati bilan yaqindan tanisharkan, Prezident Shavkat Mirziyoyev gʻoyasi bilan amalga oshirilgan ishlar shubhasiz dunyoning moʻʼjizalaridan biri boʻlishi kerak, deya eʼtirof etdi.

Bu yerda amalga oshirilgan ishlar shubhasiz dunyoning moʻʼjizalaridan biri boʻlishi kerak. Faqat sanʼat asari sifatida emas, balki tarixga, xalqga va ajdodlarga hurmat ramzi sifatida chuqur ehtiromga loyiq. Koʻrib turibmizki, Prezident Shavkat Mirziyoyev markazni bunyod etishda turli sivilizatsiyalarga katta hurmat va eʼtibor bilan yondashgan. Bu maskanda tarixiy davrlar, xalqlar va madaniyatlar oʻzaro bogʻliqligi yuksak darajada aks etgan. Insoniyat uygʻonishlari qaysi qadriyatlar asosida shakllangani bu yerda juda ravshan koʻrinadi. Bu — buyuk meros va yuksak qadriyatdir, – deydi A.Basankiy.

Shuningdek, tashrif davomida qadimiy qoʻlyozmalar, noyob eksponatlar, islom ilmi rivojiga oid arxivlar, shuningdek, zamonaviy interaktiv loyihalar taqdim etildi.


Rossiya Federatsiyasi Dumasi vakili markazning maʼrifiy va ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlikka yaratilgan keng imkoniyatlarini yuqori baholadi. Shuningdek, ilmiy almashinuv va madaniy loyihalar doirasida kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish istagini bildirdi.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14845
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12239
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9964
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7999
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar