Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Yaponiyadan tortib Luvr muzeyigacha ko‘plab eksponatlarning asl nusxasi olib kelinishi rejalashtirilmoqda

15.04.2025, 10:181276
Yaponiyadan tortib Luvr muzeyigacha ko‘plab eksponatlarning asl nusxasi olib kelinishi rejalashtirilmoqda

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kontentini boyitish maqsadida “Islomdan avvalgi davr” yoʻnalishi boʻyicha 100 dan ortiq muhim loyihalar muhokama qilindi. Unda Yaponiyadan tortib Luvr muzeyigacha koʻplab eksponatlarning asl nusxasini olib kelish rejalashtirilayotgani maʼlum qilindi. Loyiha doirasidagi ishchi guruhining navbatdagi muhokamasida tarixchilar, arxeologlar hamda sohaga aloqador mutaxassislar ishtirok etdi.

Mazkur boʻlim faoliyati orqali qadimiy sivilizatsiyalar, tarixiy yodgorliklar, arxeologik topilmalar, diniy eʼtiqodlar va madaniyat taraqqiyoti haqida boy maʼlumotlar keng jamoatchilikka taqdim etilishi koʻzda tutilgan. Ayniqsa, Oʻzbekiston hududida islomdan avval mavjud boʻlgan zardushtiylik va buddizm, mehnat madaniyati, shaharsozlik anʼanalari, ilk davlatchilik shakllari kabi muhim jihatlar innovatsion yondashuvlar asosida yoritilishi rejalashtirilgan.

Muhokamada tarix fanlari doktori, professor Mirsodiq Isxoqov bu yoʻnalishdagi izlanishlarning ilmiy va madaniy ahamiyati, shuningdek, yosh avlodni tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashdagi oʻrni haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

“Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalarini chuqur oʻrganish — bu bizning tarixiy xotiramizni tiklashdir. Har bir arxeologik topilma, har bir madaniy qatlam bizga ajdodlarimiz tafakkuri va dunyoqarashi haqida hikoya qiladi. Bu yoʻnalishdagi ilmiy izlanishlar xalqimiz madaniy merosini dunyoga tanitishda katta ahamiyatga ega.” – deydi Mirsodiq Isxoqov.

Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha, shubhasiz, oʻzbek xalqi tarixi va madaniy merosini chuqur oʻrganishda muhim bosqichlardan biri boʻlib xizmat qiladi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14827
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar