Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Ipak merosi boʻyicha ikki tomlik kitob-albom yaratish loyihasi tasdiqlandi

05.12.2025, 17:042375
Ipak merosi boʻyicha ikki tomlik kitob-albom yaratish loyihasi tasdiqlandi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtgan kengaytirilgan ilmiy kengashda Markazning yirik ilmiy-nashr loyihasi — ipakchilik sivilizatsiyasiga bagʻishlangan ikki tomlik kitob-albom tayyorlash masalasi asosiy kun tartibiga qoʻyildi. Yigʻilishda Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov va ilmiy kengash aʼzolari ishtirok etdi.

Muhokamada ikki yoʻnalishda tayyorlanayotgan nashrlar — «Ipak: Sanʼat va Meros» hamda «Ipak: Tarix, Madaniyat va Texnologiya» nomli tomlar uchun boblar tartibi, ilmiy yondashuv, vizual konsepsiya va fotosuratlar boʻyicha takliflar atroflicha koʻrib chiqildi. Sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor Xolida Kamilova soʻzga chiqib, ushbu tomlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Loyiha juda ham ajoyib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida shunga oʻxshash loyihalarning amalga oshirilayotgani ham alohida ahamiyat kasb etadi. Yurtimizni butun dunyoga tanitgan mahsulotlardan biri bu – ipak. Shuning uchun ham bu mavzuni imkon boricha keng yoritish lozim, - dedi tarix fanlari doktori, professor Abdumajid Madrahimov.

Birinchi tom (Tarix, madaniyat va anʼanalar)da ipakning paydo boʻlishi, qadimiy sivilizatsiyalar va Buyuk Ipak yoʻlidagi oʻrni, Islom olami va Renessanslar davridagi rivojlanishi, ornamentlar, ramzlar hamda anʼanaviy ipak kiyimlari yoritilishi belgilandi.

Ikkinchi tom (Zamonaviylik, texnologiya va kelajak)da esa zamonaviy ipak ishlab chiqarish, Oʻzbekistonning bu sohadagi global markaz sifatidagi roli, moda va dizaynda ipakning qoʻllanilishi, interer va sanʼatdagi qiymati, innovatsion tendensiyalar hamda kelajak istiqbollari qamrab olinishi muhokama etildi.

Shuningdek, kitob-albomlarga qoʻshimcha ilova sifatida ipakchilik tarixi xronologiyasi, Ipak yoʻllari xaritalari, ornamentlar kataloglari, ustalar portretlari, terminlar lugʻati, shuningdek, dunyo muzeylari va kolleksiyalari roʻyxati kiritilishi maqullandi.

Yigʻilish yakunida mazkur ikki tomlikni tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlari shakllantirilib, boʻlimlar kesimida aniq vazifalar yuklatildi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14843
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12237
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9962
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7997
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar